Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Mehnat bilan hammasini yengib o'tish mumkin.
Hayot o‘zingizni topishdan iborat emas. Hayot o‘zingizni yaratishdan iborat.
Agar taslim bo‘layotganingizni his qilsangiz, bungacha nima uchun kurashganingizni eslang.
Kimgadir bitta ayol yetmaydi va u beshinchi, o‘ninchi ayolga o‘tib boraveradi. Boshqasiga esa bitta-yu bitta qizni sevish uchun umr kamlik qiladi.
Eng yovuz odamga uni sevishlarini aytishsa, uning yuzi ochilib ketadi. Demak, bu uning uchun baxt...
Hayotingizda yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan eng katta xato - bu doimiy ravishda xato qilishdan qo‘rqishdir.
Agar siz hech qachon ega bo‘lmagan narsangizga erishishni istasangiz, hech qachon qilmagan ishingizni qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Ba’zida hayotni unutish uchun lahzalar yetarli bo‘ladi. Ba’zida esa lahzani unutish uchun hayot yetarli bo‘lmaydi.
Insonning nimaga kulishi, uning qanday odam ekanligini hech nimadan ko‘ra yaxshiroq namoyon etmaydi.
Hayot kino emas, undagi voqealar rivojini kuzatish ancha murakkab, xatti-harakatlarning sabablari ba’zan yashirin yoki soxta bo‘ladi. Ma’no faqat sening shaxsiy his-tuyg‘ularingda - baxt hissidan tashqari hamma narsa nisbiydir. Yoki baxtsizlik hissi.
Qat’iyatlilik - bu eng buyuk marhamatdir.
O‘zini hurmat qiladigan kishi boshqalardan himoyalangan bo‘ladi. U hech kim teshib o‘tolmaydigan sovut kiyib olgandir.
Barchamiz o‘z taqdirimizning yaratuvchilarimiz, biroq vaqtga tobe’miz.
Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.
Bu dunyoda sevgidan shirinroq tuyg'u yo‘q. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, nafrat egallashi mumkin.
Men hayot jaziramasida kuydim, hayot yomg‘iri ostida shalabbo bo‘ldim va bu menga foyda keltirdi.
Muhabbatni sotib olib bo‘lmaydi - u o‘zini hadya qiladi.
O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.
Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.
Qayg‘u tushunarsiz go‘zal his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi