Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Bir marta xoinlik qilgan kishi yana ko‘p bor xoinlik qiladi.
Dunyoni zo‘ravonlik, nafrat va qasos boshqaradi. Yer yuzida yana qanday haqiqat bor? G‘azabga to‘lgan bu dunyoda baxtli odamlar qayerda? Agar bor bo‘lsa, ularni barmoq bilan sanash mumkin.
Biz quvonch manbai va g‘am-anduh konimiz. Biz ifloslik makoni va pokiza buloq ham o‘zimiz. Inson go‘yo ko‘p qiyofali dunyo ko‘zgusidir. U arzimas-u, ayni paytda beqiyos ulug‘dir!
Olijanoblik va razillik, jasurlik va qo‘rquv - hammasi tug‘ilganimizdan boshlab tanamizga singib ketgan. Biz o‘la-o‘lgunimizcha yaxshilanmaymiz ham, yomonlashmaymiz ham.
Biz tark etganlar bizdan yaxshirog‘ini topsin, bizni tark etganlar esa biz eng yaxshisi ekanligimizni tushunib yetishsin!!!
Yaxshilik yomonlik niqobini kiymaydi, ammo ko‘pincha yomonlik yaxshilik niqobi ostida o‘zining aqlsiz ishlarini amalga oshiradi.
Daryolarni, yurtlarni, shaharlarni o‘zgartiramiz. Boshqa eshiklar. Yangi yillar kirib keladi. Ammo o‘zimizdan qochib qutulolmaymiz, qochsak ham faqat yo‘qlikka qochamiz.
Tushkunlikka tushgan erta o‘ladi.
Xotini bor erkakni yo‘ldan urish mumkin, sevgilisi bor erkakni ham yo‘ldan urish mumkin, lekin chin sevgan ayoli bor erkakni aslo yo‘ldan urib bo‘lmaydi!
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Barcha o‘g‘illar teng bo‘ladi, yoki barchasi dushman bo‘ladi.
Munosabatlarni buzishning eng oson usuli - ularni oydinlashtirishdan boshlash.
Vaqtingizni siz bilan o‘tkazishga intilmaydigan odamga sarflamang.
Yurak xurujidan sog‘ayib chiqqach, Ranevskaya shunday xulosaga keldi: \"Agar bemor yashashni juda-juda istasa, shifokorlar ojizlik qiladi.
Hayot parhezlarga, ochko‘z erkaklarga va yomon kayfiyatga sarflash uchun emas.
G‘alaba qozonish uchun avvalo o‘ynash kerak.
Azizam, axlat nima ekanligini bilasizmi? U mening hayotim bilan solishtirganda murabboday gap.
Insonning kimligini hokimiyat ko‘rsatadi.
Yolg‘izlikni ko‘tara olish va undan lazzatlanish - buyuk in’om.
Agar ayol erkakka \"Sen eng aqllisan\" desa, demak, u boshqa bunday ahmoqni topa olmasligini tushunadi.