Jorj Bernand Shou

Aforizmlar (13)

Tishi og‘rigan odam tishi butun odamni baxtli deb biladi. Kambag‘allikdan qiynalgan odam boylar haqida ham shunday noto‘g‘ri hukm chiqaradi.
Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni ikki marta takrorlamaslikda.
Xatolar bilan o‘tgan umr nafaqat hurmatga loyiq, balki harakatsizlik bilan o‘tgan umrdan ham foydaliroqdir.
Xatolarni qanday to‘g‘rilashni bilmasangiz, ularni hech qachon ko‘rsatib o‘tmang.
Kulgili bo‘lishdan qo‘rqsang, konkida uchishni o‘rgana olmaysan. Hayot muzi sirpanchiq.
Endi biz qushlardek havoda uchishni, baliqlardek suv ostida suzishni o‘rgangan ekanmiz, bizga faqat bir narsa yetishmayapti, u ham bo‘lsa, odamlarga o‘xshab yashashni o‘rganish.
Bilgan qiladi, bilmagan o‘rgatadi.
Ko‘nglingizni ochishdan oldin, \"sir saqlash idishi\" teshik emasligiga ishonch hosil qiling.
Eng muhimi esa qalbda tartib o‘rnatishdir. Uchta \"yo'q\" qoidasiga amal qilamiz: shikoyat qilmaymiz, boshqalarni ayblamaymiz, o‘zimizni oqlamaymiz.
Yaqin kishiga nisbatan eng katta gunoh nafrat emas, balki befarqlikdir; bu chindan ham insoniylikdan yiroqlikning cho‘qqisidir.
Yolg‘izlikni ko‘tara olish va undan lazzatlanish - buyuk in’om.
Hayot o‘zingizni topishdan iborat emas. Hayot o‘zingizni yaratishdan iborat.
Sevgan narsangizni olishga harakat qiling, aks holda olgan narsangizni yaxshi ko'rishga to‘g‘ri keladi.

Shunga o'xshash mualliflar