Iogann Volfgang fon Gyote

Aforizmlar (27)

Biz o‘z fazilatlarimizni rivojlantira turib, ular bilan birga illatlarimizni ham o‘stirayotganimizni juda kech anglab yetamiz.
O‘zingizga ishoning va qanday yashash kerakligini darhol tushunib olasiz.
O‘zingizga ishoning va siz qanday yashash kerakligini darhol anglab yetasiz.
Noshukurlik zaiflikning bir turi. Oliyjanob odamlar hech qachon nonko‘r bo‘lmaydi.
Kimki sevishdan va xato qilishdan to‘xtasa, u o‘zini tiriklayin ko‘mgan bo'ladi.
Haqiqatni topishdan ko‘ra xatoni topish ancha oson.
Faqat o‘zini namoyon qilish uchun hech kimga bo‘ysunmaydigan va hech kimga buyruq bermaydigan insongina chinakam baxtli va ulug‘dir.
Kamchilikni anglash mukammallikka yaqinlashtiradi.
E’tiqod har qanday bilimning boshlanishi emas, balki gultojidir.
O‘zingizga ishonishni boshlang va siz qanday yashash kerakligini tushunasiz.
To tirik ekanmiz, yashaylik.
O‘zga yurt vatan bo‘lmas.
Qo‘lingizdan keladigan hamma narsani qilishni boshlang - hatto orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan narsalarni ham. Jasoratda daholik, kuch va sehr bor.
Insonning nimaga kulishi, uning qanday odam ekanligini hech nimadan ko‘ra yaxshiroq namoyon etmaydi.
Ezgulik jamiyatni bog‘lovchi oltin zanjirdir.\n\n
Muhabbat hukmronlik qilmaydi, u tarbiyalaydi.
Qo‘lingizdan keladigan hamma narsani, hatto orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan ishlarni boshlang. Jasoratda daholik, kuch va sehr bor.
Insonga yashashga arziydigan maqsad bering va u har qanday vaziyatda omon qolishi mumkin.
Sevgan odamlardan o‘rganiladi.
Biz kimlardan o‘rgansak, ularni ustozlarimiz deb ataymiz, lekin bizga ta’lim beradiganlarning barchasi ham bu nomga munosib emas.

Shunga o'xshash mualliflar