Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Noma'lum muallif
Noma'lum muallif
Aforizmlar (215)
Haqiqiy shon-shuhrat — bu ismingizning ishingizdan qimmatroq baholanishidir.
Yaxshi kunlar osmondan tushmaydi. Ularni o‘zimiz yaratamiz va qalbimizda yashaydi.
Arzimagan odamlarga hech qachon qimmatli gaplarni aytmang.
Odamlardan xafa bo‘lmang, shunchaki jimgina xulosa chiqaring.
Sevgan kishingizdan sizni nima uchun sevishini hech qachon so‘ramang: agar u bu haqda o‘ylanib qolsa, sizni sevishga arzigulik hech nima yo‘qligi ayon bo‘lib qolishi mumkin.
Muhabbat va munosabatlar nafaqat jismoniy yaqinlik va iliq tuyg‘ular, balki o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadigan mashaqqatli mehnat hamdir.
G‘iybatchilar baxtsiz odamlardir. Bu ularning aybi emas, balosi! Ularning boshqa qiladigan ishi yo‘q...
Xayolan baxtsiz odam hayotda ham baxtsiz bo‘ladi.
Ko‘plab ayollarga ega bo‘lgan, ammo yagona ayoli bo‘lmagan erkak - baxtsizdir.
Xushomad - tillo suvi yugurtirilgan so‘zlar, uning ostida esa asl bo‘lmagan metallar yotadi.
Yaxshilikni ham, burchni ham unutgan noshukur odam yolg‘izlikka mahkum.
Odamlarga qancha yaxshilik qilsang, ular shuncha ko‘p shubha qila boshlaydilar...
O‘sha... yaxshilikning qadriga yetmaydigan odamlar bilan urishmasdan, bir umrga xayrlashaman.
Jahannam ezgu niyatlar-la to‘lib-toshgandur, arshi a’lo esa yaxshi amallar ila!\"
Hamma narsa o‘ziga munosib joyda jonlanadi...
Hayot sizga kulib boqishini istasangiz, avvalo unga o‘zingizning yaxshi kayfiyatingizni hadya eting.
Xatoni tan olmoq uchun jasorat va kamtarlik kerak. O‘z nohaqligini tan olmoq jasorat, zaiflik emas.
Xato - erkinlikka erishishning yagona yo‘li.
Xato - bu nafaqat to‘g‘ri yo‘lga tushish imkoniyati, balki yaxshiroq bo‘lish imkoniyati hamdir.
Eng yoqimlisi - boshqalar sen hech qachon qilmaydi deb o‘ylagan ishni amalga oshirishdir.
1 / 11
Shunga o'xshash mualliflar
Umar Xayyom — 45
Konfutsiy — 37
Albert Eynshteyn — 31
Lev Tolstoy — 29
Dilnoza Abduqodirova — 27
Suqrot — 27
Iogann Volfgang fon Gyote — 25
Aristotel — 22