Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Genri Uodsvort Longfello
Genri Uodsvort Longfello
Aforizmlar (14)
Qat’iyatlilik - bu eng buyuk marhamatdir.
Musiqa - insoniyatning universal tili.
O‘zini hurmat qiladigan kishi boshqalardan himoyalangan bo‘ladi. U hech kim teshib o‘tolmaydigan sovut kiyib olgandir.
Barchamiz o‘z taqdirimizning yaratuvchilarimiz, biroq vaqtga tobe’miz.
Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.
Bu dunyoda sevgidan shirinroq tuyg'u yo‘q. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, nafrat egallashi mumkin.
Men hayot jaziramasida kuydim, hayot yomg‘iri ostida shalabbo bo‘ldim va bu menga foyda keltirdi.
Toza qalb - bog‘, yaxshi fikr - ildizlar, chiroyli so‘zlar - gullar, yaxshi amallar - mevalardir. Bog‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va uni begona o‘tlardan ehtiyot qiling, uni yaxshi so‘z va yaxshi amal nuri bilan to‘ldiring.
Muhabbatni sotib olib bo‘lmaydi - u o‘zini hadya qiladi.
O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.
Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.
Qat’iyat muvaffaqiyatning g‘oyat muhim unsuridir. Eshiklarni yetarlicha uzoq taqillatib tursangiz, albatta kimnidir uyg‘otasiz.
Biz o‘zimizni nimaga erishishga qodir ekanligimizga qarab baholaymiz; boshqalar esa bizni nimaga erishganligimizga qarab baholaydilar.
Xarakter, muomala, uslub, barcha fazilatlarning eng go‘zali - oddiylikdir.
Shunga o'xshash mualliflar
Noma'lum muallif — 160
Umar Xayyom — 42
Konfutsiy — 34
Albert Eynshteyn — 27
Lev Tolstoy — 27
Dilnoza Abduqodirova — 26
Suqrot — 26
Iogann Volfgang fon Gyote — 23