Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.
Qat’iyat muvaffaqiyatning g‘oyat muhim unsuridir. Eshiklarni yetarlicha uzoq taqillatib tursangiz, albatta kimnidir uyg‘otasiz.
Biz o‘zimizni nimaga erishishga qodir ekanligimizga qarab baholaymiz; boshqalar esa bizni nimaga erishganligimizga qarab baholaydilar.
Xarakter, muomala, uslub, barcha fazilatlarning eng go‘zali - oddiylikdir.
Go‘zallik - bu faqatgina didga xos bo‘lishdir.
Go‘zallikni har tomonlama ko‘ra oladiganlar madaniyatli insonlardir. Ular umidsiz emas.
Qayg‘u tushunarsiz go‘zal his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi
Sizning g‘oyalaringiz ajoyib. Ammo dunyo faqat ulardan iborat emas. Go‘zallik haqida har kim har xil tasavvurga ega va biz ham bundan mustasno emasmiz.
Agar odamlar bunchalik yovuz bo‘lmaganlarida, atroflarida ko‘plab go‘zalliklarni ko‘rgan bo‘lardilar.
Millatga baho berilganda, u nimani go‘zal va haqiqiy deb bilishi bilan baholanadi.
Tanqid qilishni shunchalik yaxshi ko‘ramizki, natijada chinakam qobiliyatimizni yo‘qotamiz.
Qo'limiz yetmaydigan har nima go‘zal ko'rinadi. Unga yaqinlasmang.
Ko‘rinishingizning mutlaqo ahamiyati yo‘q, baribir sizni dunyodagi eng go‘zal inson deb hisoblaydigan yaqiningiz bor.
Go‘zallik boqiy va o'tkinchi.
Go‘zallik hamma yerda mavjud, lekin uni ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi.
Kichkina qizaloqligimda hech kim menga chiroyli ekanligim haqida gapirmagan. Qizaloqlarga ular chiroyli bo‘lmasalar ham, maftunkor ekanliklari haqida gapirish kerak.
Uzoq umr ko'rishni istasangiz, hissiyotlarni jilovlay bilidhni o'rganing.
O‘zingizni go‘zal deb his qilmaguncha, hech qachon maftunkor bo‘lolmaysiz.
Nafas olishing, quyoshning yarqiragan qorli tepaliklar uzra ko‘tarilishini kuzatish - bu yerda mavjud bo‘lgan eng ulug‘ boylikdir.
O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish yurakdan boshlanmog‘i lozim, aks holda hech qanday pardoz-andoz foyda bermaydi.