Dilnoza Abduqodirova

Aforizmlar (27)

Insonning maqsadlari amalga oshgan sari yuksalib boraveradi.
Izlagan doim imkon topadi, izlanmagan esa bahona.
Kamtarlik insonnig oliy ziynati.
Hadeb o'ylab siqilishdan foyda yo'q! Yashashda va sevishda davom eting. Umr qisqa. Hayotingizni mazmunli o'tkazing!
Boshqalarning xatolaridan saboq oling!
Hech kim yurmagan qorda qadam qo'yishning qandaydir gashti bor.
Mehnat qayg'uni aritadi.
Inson halol mehnat qilsa, 1 so'm puli 1000 so'mlik barakani beradi.
Imkoniyatingiz boricha yordam qilavering. Bajargan yaxshi amallaringiz sizni balo-qazolardan asrab, yolingizni ochiq qiladi.
Buni qila olmayman deb aslo aytmang! Boshingizga tushsa qanday bajarganingizni ham anglamay qolasiz.
Uzoq umr ko'rishni istasangiz, hissiyotlarni jilovlay bilidhni o'rganing.
Mehrning ortiqchasi bo'lmaydi.
Insondan faqat yaxshilik qoladi, o'tkinchi dunyo talashib-tortishishga arzimaydi. Sababi o'zimiz bilan xech nima olib keta olmaymiz. Faqatgina qilgan amallarimiz bizga yo'ldosh bo'ladi.
Ko'zko'rarga yaxshilik qilgandan, qilmagan ma'qul.
Hammadan boy inson bu - ota-onasi borlar.
Insonnig tashqi ko'rinishiga qarab baho bergan inson aqlsizdir.
O'zing o'ylaganingdan ko'ra, kuchli insonsan. Barchaning qo'lidan kelgan ishni, sen ham a'lo darajada uddalay olasan.
Doim o'z kuchingga ishon, birovlardan yordam kutma! Bir kun kelib, ular qilgan yaxshiligini minnat qilishi mumkin.
Barchasi o'tkinchi, avvalo o'zingizni seving va qadrlang!
Ishni shoshib bajargandan ko'ra qilmagan afzal.

Shunga o'xshash mualliflar