Oscar Uayld

Aforizmlar (16)

Yo‘q, men surbet emasman — shunchaki hayotiy tajriba. Aslida esa, bu ikki tushuncha bir-biriga juda yaqin.
Tanqid ijoddan ko‘ra ko‘proq madaniyatni talab qiladi.
O‘qimishli odam boshqalarga e’tiroz bildiradi, dono esa o‘z-o‘ziga.
Taraqqiyot yo'lida to‘xtab qolgan hayotni buzilgan deb hisoblash mumkin.
Hayot juda jiddiy, ammo u haqida haddan tashqari jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Hozirgi kunda odamlar hamma narsaning qadrini bilishadi, lekin hech nimaning qadriga yetishmaydi.
Tajriba - bu biz o‘z xatolarimizga beradigan nom, xolos.
Hamma o‘zining xatolarini tajriba deb ataydi.
O‘ziga bo‘lgan muhabbat - bu bir umrlik romanning boshlanishi.
O‘zligingcha yasha. Boshqa rollar allaqachon band.
Biz o‘zimizdagi kabi kamchiliklarga ega bo‘lgan odamlarga toqat qila olmaymiz.
Birdan yoz kuzga aylandi.
Hayot murakkab, u haqda jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Zerikarli bo‘lishning siri o‘zingiz haqingizda bor narsani aytib berishda yashiringan.
Hamma o‘z do‘stlarining baxtsizliklariga hamdardlik bildiradi, ammo faqat ozchilik ularning muvaffaqiyatlaridan quvonadi.
Go‘zallikni har tomonlama ko‘ra oladiganlar madaniyatli insonlardir. Ular umidsiz emas.

Shunga o'xshash mualliflar