Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Go‘zallik hamma joyda bor, lekin uni ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi.
Odamlar muloqotida uchta xato bor: birinchisi — keragidan oldin gapirish; ikkinchisi — kerak bo‘lganda gapirmaslik;\nuchinchisi — tinglovchini kuzatmasdan gapirish.
Maqsadingizga erishib bo‘lmaydigandek tuyulsa, uni o‘zgartirmang - harakat rejangizni o‘zgartiring.
Haqiqiy donishmand o‘zini bilimsiz deb biladi.
Kechagi kun bilan yashama, ertangi kundan qo‘rqma — bugun bilan yasha.
Baxt — tayyor osh emas. U siz qilgan ishlaringiz mevasi.
Odamlar muhtojlikda toblanib, ozodlik orzusi bilan yashaydilar. Ammo ozodlik kelgach, qanday yashashni bilmay qoladilar.
Hiylakorlar ilmni yomon ko‘radi, soddalar undan hayratlanadi, donolar esa undan foydalanadi.
Arzimagan odamlarga hech qachon qimmatli gaplarni aytmang.
Odamlar ko‘pincha muammolarni o‘zlari yaratadilar: ularni hech kim zerikarli kasb tanlashga, yomon insonga turmush qurishga yoki noqulay poyabzal sotib olishga majburlamaydi.
Sen odamlarni o‘z dengizingga qo‘yasan, ular esa suzishni bilmay, hamma narsada seni ayblab cho‘kib ketishadi.
Boylarning katta kutubxonasi bo‘ladi, kambag‘allarning esa katta televizori.
Hammaning miyasi bor, ammo hamma ham uni to‘g‘ri ishlatishni bilmaydi.
Hayot haqiqati shuki, kam bilgan ko‘p gapiradi, ko‘p bilgan esa kam gapiradi.
Odamlardan xafa bo‘lmang, shunchaki jimgina xulosa chiqaring.
Senga intilmagan inson ortidan yugurma — ba’zan eng to‘g‘ri qaror uni tinch qo‘yishdir.
Hozirgi kunda odamlar hamma narsaning qadrini bilishadi, lekin hech nimaning qadriga yetishmaydi.
Kitob — bu shunchaki matn yoki adabiy asar emas. U insonning vijdonini uyg‘otadi, aqlini charxlaydi va san’at orqali qalbiga ta’sir qiladi.
Vijdonini yo‘qotgan odam hamma narsasidan ajralgan hisoblanadi.
Zakovatdan ulug‘roq boylik, jaholatdan yomonroq qashshoqlik, odob-axloqdan afzalroq meros yo‘qdir.