Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Hayot — bu teatr, lekin ikkinchi aktga chipta yo‘q.
Baxtli hayot kechirishni istasangiz, odamlar yoki narsalarga emas, balki maqsadni ko'zlab yashang.
Kimki “boshqalarsiz ham yashay olaman” deb o‘ylasa — adashadi; ammo “boshqalar mensiz yashay olmaydi” deb o‘ylagan odam esa yanada kattaroq xato qiladi.
Baxt, asosan, o‘z taqdiriga ko‘nikish va o‘z ahvolidan mamnun bo‘lishdan iboratdir.\n\n
Yashash – fikrlash demakdir.\n\n
Notiqning buyuk fazilati — kerakli gapni aytish, keraksizini aytmaslikdir.
Inson avvalo o‘zini boshqarishni, o‘z qarorlariga amal qilishni o‘rganishi kerak.
Yashashni boshlashimiz bilanoq o‘lim sari yuz tutamiz, shu bois shuhrat ketidan quvishdan ne keragi bor?
Eng katta yo‘qotish — bu vaqtni behuda sarflashdir.
Xudbinlik o‘zini sevishda emas, balki bu sevgining me’yoridan oshib ketishidadir.
Ehtiroslarini jilovlay olgan inson ulardan butunlay tiyilgan kishi emas, balki kema yoki otni boshqargandek, ularni zarur va foydali tomonga yo‘naltira olgan kishidir.
Nima bo‘lsa ham uylan: xotining yaxshi bo‘lsa — baxtli bo‘lasan, yomon bo‘lsa — faylasufga aylanasan.
Aqlli odamlar hamma narsadan va hammadan o‘rganadi, o‘rtamiyona odamlar o‘z tajribasidan o‘rganadi,\nahmoq odamlar esa hammasini bilaman deb o‘ylaydi.
Foydasiz odamlar faqat yeb-ichish uchun yashaydi, yaxshi odamlar esa yashash uchun yeb-ichadi.
Kuchli aql egalari g‘oyalarni, o‘rtamiyona aql egalari voqealarni, zaif aql egalari esa odamlarni muhokama qiladi.
Ulug‘likni va’da qilma — uni amalda ko‘rsat.
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qilishim kerak?\" Kechqurun esa o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qildim?”
Odamlar nima desa desin, o‘zing adolatli deb bilgan yo‘ldan yur.
Olijanob odam o‘ziga talab qo‘yadi, tuban odam esa boshqalardan talab qiladi.
Ilgari odamlarning gapiga quloq solib, ishlariga ishonardim. Endi esa gapini eshitaman, ishiga qarab xulosa qilaman.