Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Idrok
Idrok
Idrok mavzusida 520 ta aforizma.
Sevgan kishingizdan sizni nima uchun sevishini hech qachon so‘ramang: agar u bu haqda o‘ylanib qolsa, sizni sevishga arzigulik hech nima yo‘qligi ayon bo‘lib qolishi mumkin.
Hayot bir lahza — uni baxt bilan o‘tkaz.
Ko‘p narsani bilgan odam emas, o‘zini anglagan inson donishmanddir.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Shifokor ozoda bo‘lishi, yaxshi kiyimlarda yurishi kerak, zero bularning barchasi bemorlarda ishonch uyg‘otadi.
Arzimagan ishlarga beparvo bo‘lgan kishiga muhim ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi.
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Donolar sharoitga emas, g‘oyaga tayanadi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan odamning maslahatiga hech qachon ishonmang.
Inson o‘zini nima baxtsiz qilayotganini bila turib, baribir o‘zini o‘zi baxtsiz qilaveradi.
G‘iybatchilar baxtsiz odamlardir. Bu ularning aybi emas, balosi! Ularning boshqa qiladigan ishi yo‘q...
Baxtsizlar orasida o‘zidan xafa bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ahmoqlar eng baxtli odamlardir. Ularda o‘zlarini baxtsiz qilish uchun yetarli aql yo‘q.
Xayolan baxtsiz odam hayotda ham baxtsiz bo‘ladi.
Baxtli odamlar — o‘z taqdirining temirchisi, baxtsizlar esa — hayot temirxonasidagi bolg‘ayu sandon.
Boshqalarning fikri baxtsiz bo‘lish uchun sabab emas.
Baxtsiz bo‘lish qanchalik oson va baxtli bo‘lish qanchalik qiyin...
Baxtli odam baxtsiz odamga aql o‘rgatishi oson.
Yaxshilikni hasad uyg‘otmaydigan darajada qilish bu san’atdir.
Tilanchi har doim o‘ziga tanga tashlagan odamga hasad qiladi.
8 / 26