Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Qadrli stress, kel, xayrlashaylik!
Kuchli ayol o‘z hayotini jilovlashni biladi. Ko‘zlarida yosh bilan \"Ha, men yaxshiman\" deyishga muvaffaq bo‘ladi.
Biz faqat bir marta yashaymiz, shuning uchun zo‘r bo‘lishga imkonimiz bor!
Kuchli ayol sevadi, kechiradi, voz kechadi, qo‘yib yuboradi, qayta urinadi va qaysarlik qiladi... Hayot unga nimani taqdim etishi muhim emas.
Avvalo, o‘z hayotingizning qurboni emas, qahramoni bo‘ling.
Hech qachon hissiyotga beriluvchan yoki ta’sirchan bo‘lganingiz uchun kechirim so‘ramang. Bu sizning katta qalb egasi va buni boshqalarga ko‘rsatishdan qo‘rqmasligingizni belgisi bo‘lsin. O‘z his-tuyg‘ularini namoyish etmoq kuchlilik belgisidir.
Barchasi o'tkinchi, avvalo o'zingizni seving va qadrlang!
Hayot - gul, uning uchun muhabbat - asal.
O‘z-o‘zini sevish - bu bir umr davom etadigan romanning boshlanishi.
Haqiqatan ham xohlagan narsangizni qilishga qaror qilsangiz, hayotingizning butunlay boshqa bosqichi boshlanadi.
Ko‘pincha shunday bo‘ladi, dunyodagi eng muhim ishlar aynan arzimagan vajsadan boshlanadi.
Oldinda bizni ortda qoldirayotganimizdan ko‘ra ancha yaxshi imkoniyatlar kutmoqda.
Har qanday vaziyatda bizda ikkita tanlov bor: o‘sish uchun oldinga qadam tashlash yoki xavfsiz joyga qaytish.
Dunyoni o‘zgartira olaman deb o‘ylaydigan darajada aqldan ozgan odamlar haqiqatan ham bunga qodir bo‘lgan odamlardir.
Hayotimizda cheksiz imkoniyatlar mavjud.Inson hech vaqosiz tug‘iladilar, lekin har kim cho‘qqiga chiqishi mumkin. Shuning uchun qo‘rqadigan hech nima yo‘q. Xavotirga o‘rin yo‘q. Haqiqat mana shunda.
Qo‘rquv doim aynan qo‘rqqan narsangizni o‘ziga tortadi. Agar hech narsadan qo‘rqmasangiz, hech kim bo‘lib qolasan. Eng yaxshisi - bu befarqlik.
Pessimistlar nima deyishmasin, hayot juda go‘zal, oy yorug‘ida esa yanada betakror.
Hayotning ma’nosi uning o‘zida. Hayotning maqsadi esa undan zavq olishdir. Hayotiy asos - o‘z-o‘zini anglash.
Rim bir kunda qurilgan emas. To‘laqonli, mazmunli hayot ham aynan shunday.
Paydo bo‘lgan istaklar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi kerak. Aks holda, barchasi nihoyasiga yetishi miumkin. Umr qisqa, hozirning o'zida istaklaringni amalga oshir!
27 / 34