Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Hech qachon yiqilmagan buyuk bo'lmaydi, balki yiqilib turgan buyukdir.
Qancha ko‘p kutsang, shuncha ko‘p kunlarni abadiy yo‘qotasan.
Hayotdagi muhim qoida - har qanday vaziyatda ham inson bo‘lib qolish.
Hayotga orqa ko‘zgu orqali emas, balki old oyna orqali qarang.
Baxtning bir eshigi yopilsa, darhol ikkinchisi ochiladi. Ammo biz ko‘pincha birinchisini shunchalik uzoq kuzatamizki, ikkinchisini sezmay qolamiz.
Agar biz hayotimizni sevgiga sarflasak, shikoyat qilish yoki o‘zimizni baxtsiz his qilish uchun ortiqcha vaqtimiz qolmaydi.
Masal ham, hayot ham uzunligi bilan emas, mazmuni bilan qadrlanadi.
Hayotimiz - sayohat, g‘oya - yo‘l ko‘rsatuvchi. Yo‘l ko‘rsatuvchi bo'lmasa, hammasi to‘xtab qoldi. Maqsad qo‘ldan ketdi, kuch ham yo‘qoladi.
Hayot - bu har bir bemor boshqa karavotga o‘tishni orzu qiladigan shifoxona.
5 yoshligimda onam har doim hayotda eng muhimi baxt ekanligini aytardi. Maktabga borganimda, katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchisan, degan savolga \"baxtli inson\" deb javob berganman. O‘shanda menga savolni tushunmayotganimni aytishdi, men esa hayotni ular tushunmayotganini aytdim.
Umringiz boqiy emas, birovning hayoti bilan yashab, uni behuda sarflamang.
Hayot - bu shunday jumboqki, uni qabul qilishni bilish va o‘zini doimiy savol bilan qiynamaslik kerak. Hayotingizni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan to‘ldirganingiz ma’qul.
Agar hayotda lazzat bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda ma’no bo‘lishi kerak.
Yengil hayot bizni hech narsaga o‘rgatmaydi. Eng muhimi, biz oxir-oqibat nimani o‘rgandik, nimani angladik va qanday ulg‘aydik.
Hayotning ma’nosi nima? Boshqalarga xizmat qilish va yaxshilik qilish.
Hayot bir lahzalik. Uni avval qoralamada yashab, keyin oqqa ko‘chirib bo‘lmaydi.
Hayotimizning ma’nosi uzluksiz harakatdir.
Hayotingizdagi muhim ikki kun: tug‘ilgan kuningiz va buning sababini tushungan kuningiz.
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, balki hayotingiz mazmunli bo‘lishi uchun intiling.
Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.
26 / 34