Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Inson yashash uchun tug‘iladi, hayotga tayyorlanish uchun emas.
Agar hech qachon yashamagan hayotingga ega bo‘lishni istasang, hech qachon qilmagan ishlaringni qilishingga to‘g‘ri keladi.
Hayot biz kutganni berishga majbur emas. U nima bersa, shunga qanoat qilish, agarda yomon bo'lsa shunday bo‘lgani uchun minnatdor bo‘lish kerak.
Mazmunli hayot osmondan tushmaydi, uni biz amalga oshiramiz, u qalbimizda mujassam.
Bu hayot biror nnimadan xafa bo‘lishga arziydimi? Hammasi o‘tib ketadi, bu ham o‘tib ketadi.
Baxtni his qilish uchun hatto qayg‘u va g‘amda ham: a) hozirgi kun bilan qanoatlanish; b) \"bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi\" degan fikrdan quvonishni bilish kerak.
Ko‘pincha shunday, dunyodagi eng muhim ishlar aynan arzimagan narsadan boshlanadi.
Yashash uchun odam ovqat yeyishi, ishlashi va uxlashi kerak, deyishadi-yu, lekin asosiy narsani unutib qo‘yishadi. Hayot mazmunli o'tishi uchun baxtli bo‘lish kerak!
Boymisan, kambag‘almisan, mashhurmisan, hech kimmisan, kelajaging bor ekan, nimadandir umid bor. Umidim qolmadim, demak o'lim bilan yuzlasdim.
Xuddi kitob o‘qiyotgandek yasha hamda she’r o‘qiyotgandek sev.
Shaxsiy qobiqdan chiqib, dunyoga nazar tashlash vaqti keldi. Hayot tarzingni o‘zgartirmasang, haqiqiy hayot yoningdan o‘tib ketadi.
Aslida, hayot oddiy, lekin biz uni murakkablashtiramiz.
Orzular har doim biz kutganimizdan boshqacha amalga oshadi.
Barcha orzularimiz ro‘yobga chiqishi mumkin - faqat ularni amalga oshirishga jasoratimiz yetsa.
Inson hayotning ma’nosini ko‘rish uchun orzu qilishi kerak.
Umr qisqa, ko‘ngilsizliklardan tushkunlikka tushaverma! Aks holda hayoting yig‘i-sig‘i bilan o‘tganini bilmay qolasan. Har bir kuningdan zavq olib yasha!
Erkak kishining bo'shi - oilaning halokati.
Vaqti kelganda \"yo'q\" deyishni ham odat qil.
Insonlardan umid kutma, parvardigorga ishon va undan so'ra, hamma ishing a'lo bo'ladi.
Qarshingda o'lim peshvoz chiqsa ham umidingni uzma!
28 / 34