Go'zallik

Go'zallik mavzusida 99 ta aforizma.

Ayolning haqiqiy go‘zalligi sog‘lig‘ida, tetik bo‘lishida.
Go‘zallik - o‘zligingcha qolishingdir.
Go‘zallik me’yorlariga intilish ortidan quvish, chin baxtni ko‘zdan qochirish demak.
Dunyodagi eng go‘zal chehra siznikidir.
Chiroyli ayolni masxara qilish oson ish emas, chunki u sizning so‘zlaringizdan xunuklashib qolmaydi.
Ayol gul kabi go‘zal. Ammo har bir gul biroz ochilgan bo‘lmog‘i lozim.
Go‘zal ayol haddan tashqari aqlli bo‘lmasligi kerak - bu diqqatni chalg‘itadi.
Ayol uchun aqldan ko‘ra go‘zallik muhimroq, chunki erkakka o‘ylashdan ko‘ra qarash osonroq.
Nima uchun ayollar aqlni rivojlantirishga emas, balki tashqi ko‘rinishga shunchalik ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashadi? Chunki ko‘zi ojiz erkaklar aqlli erkaklarga qaraganda ancha kam.
Go‘zallikning ovozi sekin yangraydi: u faqat eng nozik quloqlargagina kirib boradi.
Qalb go‘zalligi badan go‘zalligi uzra sirli nur kabi yoyiladi.
Baxt insonning go‘zallik bilan murosa qilishidir.
Go‘zallikning aqli yo‘q. U ko‘r, aqlsiz, xunuk...
Go‘zallik qarshisida orzu qilishimiz mumkin, xavf-xatar qarshisida harakat qilamiz.
Haddan tashqari go‘zallik yuzni burishtiradi.
Go‘zallik shunday tavsiyanomaki, u bir ko‘rishdayoq barcha qalblarni zabt etadi.
Qalb go‘zalligi abadiy bo‘lishi uchun hech qanday sun’iy usullarga muhtoj emas.
Egri chiziq - go‘zallik va baxtning geometrik chizig‘i.
61 / 1000\n\nNoaniqlik hayotimizda go‘zallik va fojianing manbai hisoblanadi.
Ayolni go‘zalligi emas, olijanobligi maftun etadi.