Go'zallik

Go'zallik mavzusida 99 ta aforizma.

Ayolning shon-shuhrati uning go‘zalligida, erkakning shon-shuhrati esa kuch-qudratida.
Haqiqiy oddiylik ezgulik va go‘zallikni o‘zida mujassam etadi.
Go‘zal ayol - siz e’tibor beradigan ayol; maftunkor ayol esa - sizga e’tibor beradigan ayoldir.
Injiqlik - bu go‘zallik imtiyozi.
Go‘zallik doimo ezgulikni yanada jozibali qilib ko‘rsatadi.
Qalb go‘zallikni ko‘rmasa, sevmaydi.
Go‘zallik bizni umidsizlikka tushiradi, u bir lahzada yashaydigan abadiyatdir, biz esa uni to‘xtovsiz davom ettirishni istaymiz.
Yo‘limni yoritib, menga jasorat va mardlik baxsh etgan - ezgulik, go‘zallik va haqiqat edi.
Aslida, ko‘zguga ehtiyoj bormikin? O‘zimizning go‘zal va yoqimli ekanligimizni bilish uchun ko‘zlarimizni yumib, qalbimiz va aqlimizdan so‘rashning o‘zi yetarli.
Sizni nima ko‘proq jalb qilishi haqida bahslashish befoyda: bitta bargmi, poyaning tuzilishimi yoki gulning go‘zalligimi. Ildizga nazar soling va ochilgan gulning go‘zalligini qadrlay olasiz.
Ko‘pchilik o‘z tashqi ko‘rinishidan noliydi, lekin hech kim aqlidan nolimaydi.
Chin go‘zallik ichki go‘zallikdir, u sevgi yashaydigan qalbning tubidan kelib chiqadi. Agar bu bo‘lmasa, hatto eng benuqson yuz chiziqlari ham oxir-oqibat odamlarni o‘zidan itaradigan ma’naviy bo‘shliqni yashira olmaydi.
Ertalab soat sakkizdan yarim kechagacha chiroyli ko‘rinishga harakat qilishdan og‘irroq ish yo‘q.
Muhabbat - eng yaxshi kosmetika.
O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish yurakdan boshlanishi kerak, aks holda hech qanday kosmetika yordam bermaydi.
Ayolning go‘zalligi libosida, qaddi-qomatida, soch turmagida emas. U - ko‘zlarning chaqnashida. Zero, ko‘zlar muhabbat yashaydigan qalb darvozasidir.
Ayol uchun aqldan ko‘ra go‘zallik muhimroq, chunki erkak kishi fikrlashdan ko‘ra ko‘rishni ma’qul ko‘radi.
Sevimli bo‘lish uchun eng yaxshisi go‘zal bo‘lishdir. Lekin go‘zal bo‘lish uchun sevilish kerak.
20 yoshingizda tabiat ato etgan yuzingiz; 30 yoshingizda hayot shakllantirgan сhehrangiz; 50 yoshingizda esa o‘zingiz munosib bo‘lgan yuzingiz bo'ladi.
Haqiqiy go‘zallikda doimo nuqson bor.