Fridrix Nitsshe

Aforizmlar (15)

Hech kim kalitsiz qulf yasamaydi, hayot ham yechimsiz muammo bermaydi.
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
E’tibor bering, kuz tabiatdan ko‘ra ko‘proq ruhiyat fasli.
Insonni baxtsiz yoki baxtli qiladigan bu uning o‘y-fikrlari, tashqi muhit emas. O‘z fikrlarini boshqarish orqali u o‘z baxtini ham boshqaradi.
Go‘zallikning ovozi sekin yangraydi: u faqat eng nozik quloqlargagina kirib boradi.
Go‘zallik - bu baxt va’dasi.
Sevgi tabiiy hodisa emas. Aksincha, u intizom, diqqat, sabr-toqat, ishonch va xudbinlikni yengishni talab qiladi. Muhabbat his-tuyg‘u emas, balki amaliyotdir.
Yaratish uchun o‘rganishingiz kerak!
Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo‘lmagan muammoni bermaydi.
Kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqmang. Hayotingizda kerakli insonni yo‘qotmaysiz. Sizga faqat tajriba uchun kelganlar yo‘qoladi. Taqdir sizga yuborgan kishilar esa yoningizda qoladi.
Siz ideallar izlash bilan yashashni emas, balki o‘zingizda mavjud bo‘lgan istakni qadrlay boshlaganingizda, haqiqiy baxtli insonga aylanasiz.
Kimki uchishni o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo tik turishni, yurishni, yugurishni, tirmashishni va raqsga tushishni o‘rganishi lozim: bir zumda uchishni o‘rganib bo‘lmaydi!
Men g‘iybat qiluvchilarni hech tushunmayman. Agar birovning joniga tegmoqchi bo‘lsang, u haqda biror haqiqatni aytishning o‘zi kifoya.
Inson qanchalik sukut saqlasa, shunchalik aqlli so‘zlay boshlaydi. 

Shunga o'xshash mualliflar