Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Artur Shopengauer
Artur Shopengauer
Aforizmlar (18)
Dushmaning bilmasligi kerak bo‘lgan sirni do‘stingga ham aytma.
Iste’dodli inson boshqalarga qaraganda tezroq va aniqroq fikrlaydi, daho esa boshqalar ko‘rmaydigan dunyoni ko‘ra oladi.
Inson — ba’zan hech qanday sababsiz ham boshqalarga azob bera oladigan yagona mavjudotdir.
Insonning haqiqiy fe’l-atvori aynan e’tibor berilmaydigan mayda-chuydalarda namoyon bo‘ladi.
Biz bor narsalar haqida kamdan-kam o‘ylaymiz, ammo yo‘q narsalar haqida doimo qayg‘uramiz.
Daho bilan telba o‘rtasidagi o‘xshashlik shundaki, ikkalasi ham boshqalardan farqli, go‘yo butunlay boshqa dunyoda yashaydi.
Aqlli insonlar yolg‘izlikdan emas, balki nodonlar keltiradigan shovqin-surondan qochadi.
Or-nomus — insonning tashqi vijdoni, vijdon esa uning ichki or-nomusidir.
Faqat bitta tug‘ma xato bor - biz baxtli yashash uchun tug‘ilganmiz, degan ishonch.
Atrofga boshqacha ko‘z bilan qarasangiz bas, hayot boshqacha yo‘nalishda davom etaveradi.
Iste’dodli odam boshqalarga qaraganda tezroq va to‘g‘riroq fikrlaydi, daho esa boshqalarga qaraganda boshqacha dunyoni ko‘radi.
Go‘zallik shunday tavsiyanomaki, u bir ko‘rishdayoq barcha qalblarni zabt etadi.
Go‘zallik - qalbni oldindan zabt etadigan ochiq tavsiya xatidir.
Sog‘lom gado kasal podshohdan baxtliroq.
Har bir bola ma’lum ma’noda daho, har bir daho esa ma’lum ma’noda boladir. Ularning o‘xshashligi soddalik va yuksak samimiyatda namoyon bo‘ladi.
Insonlar taqdir deb ataydigani, aslida, ular yo‘l qo‘ygan ahmoqliklarning yig‘indisi.
Voqealarga boshqacha nazar tashlash kifoya, shunda hayot boshqa yo‘nalishda oqa boshlaydi.
Ongingizda ko‘rayotgan manzara vaqt o‘tishi bilan hayotingizga aylanib boradi.
Shunga o'xshash mualliflar
Noma'lum muallif — 169
Umar Xayyom — 45
Konfutsiy — 36
Albert Eynshteyn — 29
Lev Tolstoy — 29
Suqrot — 27
Dilnoza Abduqodirova — 24
Iogann Volfgang fon Gyote — 22