Yaxshilik

Yaxshilik mavzusida 90 ta aforizma.

Hech bir yaxshilik, u qanchalik kichik bo‘lmasin, zoye ketmaydi.
Sen har doim nimadir bera olasan, hatto bu oddiy yaxshilik bo‘lsa ham!
Yaxshi so‘zlar qalbda yaxshi his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Doim shirinsuxan bo'ling.
Yaxshilik ba’zan qilichdek kuchli bo‘lishi mumkin.
Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.
Jasorat, yaxshilik, do‘stlik. Bu bizni inson sifatida belgilaydigan va ba’zan buyuklikka yetaklaydigan fazilatlardir.
Yaxshilik - donolikdir.
Yaxshilik muhabbatning bir ko'rinishi bo‘lib, lekin u sevgi emas.
Qachonki sizda tanlov bo‘lsa: haq bo‘lish yoki mehribon, albatta mehribonlikni tanlang.
Shod bo‘lganingizda, \"ha\" deganingizda va atrofingizga ijobiy nur taratganingizda, siz har bir yulduz turkumining markazida quyoshga aylanasiz va odamlar sizning yoningizda bo‘lishni xohlashadi.
Yaxshilik hammamiz qiyinchiliklarga duch kelayotganimizni anglashdan boshlanadi.
Har doim ko‘z oldimda porlagan va meni quvonchga to‘ldirgan ideallar - bu ezgulik, go‘zallik va haqiqatdir.
Yaxshilik qilish hech qachon kech bo'lmaydi, chunki qachon kech bo‘lishini bilmaysan.
Yaxshilikning mohiyati, uni keng quloch yoyilishida. Agar siz boshqalarga yaxshilik qilsangiz, bugun ular sizga, ertaga esa boshqa birovga yaxshilik qilishadi.
Yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi.
Insondan faqat yaxshilik qoladi, o'tkinchi dunyo talashib-tortishishga arzimaydi. Sababi o'zimiz bilan xech nima olib keta olmaymiz. Faqatgina qilgan amallarimiz bizga yo'ldosh bo'ladi.
Biror kishining bizga qilgan yaxshiligi bizni unga bog‘lab qo‘yadi.
Qalbning eng go‘zal musiqasi bu yaxshilikdir.
Yaxshilik nafratni yuvib ketadi.
Yaxshi insonlar yulduzga o‘xshaydilar, o‘zlari yashayotgan asrning yoritgichi bo‘lib, o‘z davrlarini yoritib turadilar.