Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Yaxshilik
Yaxshilik
Yaxshilik mavzusida 90 ta aforizma.
Kim bo‘lishingizdan qat’i nazar - yaxshi inson bo‘ling.
Bizning eng katta kuchimiz qalbimizning mehribonligi va nazokatidadir.
Biz tark etganlar bizdan yaxshirog‘ini topsin, bizni tark etganlar esa biz eng yaxshisi ekanligimizni tushunib yetishsin!!!
Yaxshilik yomonlik niqobini kiymaydi, ammo ko‘pincha yomonlik yaxshilik niqobi ostida o‘zining aqlsiz ishlarini amalga oshiradi.
Toza qalb - bog‘, yaxshi fikr - ildizlar, chiroyli so‘zlar - gullar, yaxshi amallar - mevalardir. Bog‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va uni begona o‘tlardan ehtiyot qiling, uni yaxshi so‘z va yaxshi amal nuri bilan to‘ldiring.
Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.
Agar odamlar bunchalik yovuz bo‘lmaganlarida, atroflarida ko‘plab go‘zalliklarni ko‘rgan bo‘lardilar.
Haqiqiy oddiylik ezgulik va go‘zallikni o‘zida mujassam etadi.
Go‘zallik doimo ezgulikni yanada jozibali qilib ko‘rsatadi.
To‘laqonli hayot kechiring va ijobiy narsalarga e’tibor qarating.
Optimizm baxt ohanrabosidir. Agar siz ijobiy kayfiyatingizni saqlab qolsangiz, yaxshi narsalar va yaxshi odamlar o‘z-o‘zidan sizga hamroh bo'ladi.
Biror ijobiy fikr ayting, shunda ijobiy natija ko‘rasiz.
Har kunda 1440 daqiqa mavjud. Bu shuni anglatadiki, biz har kuni 1440 marta ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga egamiz.
Bugun kimgadir yaxshilik qilib, dunyoni yaxshilashga kuchingiz yetadi.
Qanday qilib dunyoni o‘zgartirishimiz mumkin? Bir vaqtning o‘zida bitta qilingan yaxshilik.
Men faqat shuni aytmoqchimanki, yaxshilikning chegarasi yo‘q.
Iltifotli bo‘l, chunki sen uchratgan har bir kishining hayoti oson o'tmagan.
Yaxshilik hayot bo‘roniga dosh beradigan va yuvilib ketmaydigan yagona najotdir.
Bitta yaxshilik har tomonga ildiz otadi va bu ildizlardan, yangi daraxtlar paydo bo'ladi.
Mehringni darig' tuttma, lekin minnatdorchilik kutma.
2 / 5