Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Umr
Umr
Umr mavzusida 113 ta aforizma.
Yashash xuddi sevish kabi, barcha oqilona dalillar bunga qarshi, ammo barcha sog‘lom instinktlar uni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zligingcha yasha. Boshqa rollar allaqachon band.
Hayotning ma’nosi go‘zallikda va maqsadga intilish kuchida va borliqning har bir lahzasini besamar o'tkazmaslikda.
Haqiqiy hayot kichik o‘zgarishlar sodir bo‘lgandagina bo'ladi.
Har bir inson so‘nggi nafasigacha o‘zgarish va rivojlanish imkoniyatiga ega.
Kechagi kunni qaytarib bo‘lmaydi, lekin ertaga nima bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq.
O‘zgarmasak, rivojlanmaymiz. Agar rivojlanmasak, hayotda yashamaymiz.
Hayot yolingizni o‘zgartirishga urinishning hojati yo‘q, faqat unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirsangiz bas.
Faqat o‘zini namoyon qilish uchun hech kimga bo‘ysunmaydigan va hech kimga buyruq bermaydigan insongina chinakam baxtli va ulug‘dir.
Yashash, sevish, ishonish kerak.
Qat’iyat va matonat insonda murakkab muammolarni hal qilish imkoniyati bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi.
Chidamlilik - bu diqqatni jamlagan sabr-toqatdir.
Qat’iyatlilik shunday kamtarin fazilatki, u orqali o‘rtamiyona odamlar shon-shuhratdan xoli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishadilar.
Jismoniy mehnat ma’naviy azoblarni unutishga yordam beradi.
Mehnat bilan yengib bo‘lmaydigan narsaning o'zi yo‘q.
Bizga uzoq umr berilmagan; yashaganimizni isbotlaydigan ishlarni qoldiraylik!
Hayot - bu lahzalar ketma-ketligi. Lahzani ko‘rsang - hayotni ko‘rasan.
Hayotdan quvonch topa bilish - bu baxtni jalb qilishning eng yaxshi usuli.
Hayot finjondagi qahvaga o‘xshaydi. Ba’zan shirin, ba’zan yo‘q. Ammo hayotda eng muhimi qahvaning ta’mi emas, balki uni kim bilan ichishingizdir.
O‘z o‘rningni egallagin, shunda hayot o‘z-o‘zidan atrofingda shakllana boshlaydi.
5 / 6