Tarbiya

Tarbiya mavzusida 65 ta aforizma.

Agar yaxshi tarbiya ko‘rgan bo‘lsangiz, tarbiyasiz odamlar bilan qo‘shilib ketmang: silliqlangan yuzalarni g‘adir-budur sirtlar tirnab qo‘yadi.\n\n\n
Tarbiya - buyuk: u orqali insonning taqdiri hal qilinadi.
Har bir inson umrining oxirgi kunigacha o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanishi lozim.
Tarbiya jarayonida ko‘nikmalarni shakllantirish aqliy rivojlanishdan ustun turishi lozim.
Bolalarga doimo mukofot berish to‘g‘ri emas. Bunday qilish ularni xudbinlikka olib keladi va natijada noto'g'ri fikrlash tarzi shakllanadi.
Bolalar qisman kattalardan pessimizmni o‘zlashtiradi. Ular gubkaga o‘xshab, sizning so‘zlaringizni ham, so‘zlash uslubingizni ham o‘zlariga singdirib oladilar.\n\n
Tarbiya yaxshi odatlarni o‘zlashtirishdir.
Har bir bola ma’lum ma’noda daho, har bir daho esa ma’lum ma’noda boladir. Ularning o‘xshashligi soddalik va yuksak samimiyatda namoyon bo‘ladi.
Bolalardagi sho‘xlikni yo‘q qilsangiz, hech qachon donishmandlarni tarbiyalay olmaysiz.
Sevilmagan bolalar sevishni bilmaydigan insonga aylanadi.
Farzandlariga mehnatsevarlik ko‘nikmalarini singdirgan inson, ularga meros qoldirganidan ko‘ra yaxshiroq ta’minlagan bo‘ladi.\n\n
Bolaga beradigan eng yaxshi sovg‘amiz uni sevish emas, balki uni o‘zini sevishni o‘rgatishdir.\n\n
Bola o‘ziga nisbatan samimiy va beg‘araz muhabbatni his qilisa baxtli bo‘la oladi.
Ehtiyojlarimiz asosan tabiat tomonidan emas, balki tarbiyamiz va odatlarimiz orqali shakllanadi.
Bolaning erkinligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jazolash zarurati shunchalik kam bo‘ladi. Rag‘batlantirish qanchalik ko‘paysa, jazo berish shunchalik kamayadi.
Yaxshi tarbiya insonni tarbiyasiz kishilardan ishonchli tarzda himoya qiladi.
Bolalar doimo biror narsa bilan qiziqib shug‘ullanishni xush ko‘radilar. Bu juda foydali, shuning uchun buni to‘xtatish u yoqda tursin, aksincha ularning har doim mashg‘ul bo‘lishi uchun sharoit yaratib berish lozim.
Intizomning eng yaxshi maktabi - bu oila.
Agar bola sizning uyingiz unga ham tegishli ekanini his etmasa, u ko‘chani o‘ziga makon qilib oladi.\n\n
Shirinliklar, pechene va konfetlar bilan bolalardan sog‘lom insonlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Jismoniy ozuqa kabi, ma’naviy ozuqa ham oddiy va to‘yimli bo‘lishi lozim.