Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Tarbiya
Tarbiya
Tarbiya mavzusida 65 ta aforizma.
Tarbiyaning maqsadi farzandlarimizni bizsiz mustaqil hayot kechirishga o‘rgatishdir.
Farzandlaringizni ezgulik yo‘lida tarbiyalang: bu - baxtning kaliti.
Bolalarni chiroyli tarbiya qilishning eng zo‘r usuli ularni baxtli etishdir.
Yuzta o‘qituvchidan bitta ota yaxshi.
Tarbiyaning maqsadi boshqalar tomonidan boshqariladigan emas, balki o‘zini o‘zi boshqara oladigan shaxsni shakllantirishdir.
Chaqaloqlar qayerda bo‘lmasin, bir xil yig‘laydi. Ular ulg‘ayganida esa, odatlari turlicha bo‘ladi. Bu tarbiyaning natijasidir.
Yaxshi tarbiya dasturxonga sous to‘kib qo‘ymaslikda emas, balki boshqa birov shunday qilganini payqamaslikdadir.
Inson tarbiyasi tug‘ilgandan boshlanadi; u gapira olmaydi, tinglay olmaydi, lekin u o‘rganishni boshlagan.
Tarbiya maktab bilan cheklanmaydi.
Kimki shogird bo‘lmagan bo‘lsa, ustoz bo‘lolmaydi.
Eng yaxshi pand-nasihatlar bo‘lsa-da, agar ular misollar bilan mustahkamlanmasa, o‘quvchining ko‘z o‘ngida uni qurshab turgan butun voqelik bilan tasdiqlanmasa, bunday o‘gitlarning qiymati qolmaydi.
Bolani yaxshi tarbiyalamoqchi bo‘lgan kishi, doimo adolatli bo'lishi lozim.
Tarbiya jarayonida ko‘nikmalarni shakllantirish aqlni o‘stirishdan avval bo‘lmog‘i lozim.
Tarbiyaning uch asosi: iste’dod, ilm va mashq.
Tarbiyaning maktabi oila.
Hayotimiz davimida uchrashgan odamlarning o‘ndan to‘qqiz qismi aynan qanday bo‘lsa - yaxshimi yoki yomonmi, foydali yoki foydasizmi - bu uning tarbiyasiga bog'liq.
Bolalarning to‘g‘ri tarbiyasi butun xalq farovonligining garovidir.
Hatto bolaga nisbatan ham to‘g‘riso‘z bo‘l: va’dangni bajar, aks holda uni yolg‘onchilikka o‘rgatib qo‘yasan.
Tarbiya - bu biz tarbiyalayotgan insonlarning qalbiga ta’sirimizdir.
Tarbiya - qalb ozuqasi.
3 / 4