Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Tarbiya
Tarbiya
Tarbiya mavzusida 65 ta aforizma.
Intizom — g‘alabaning onasi.
Agar tarbiya ko‘rmagan bo‘lsang-u, indamasang — tarbiya ko‘rgandek bo‘lasan; agar tarbiya ko‘rgan bo‘lsang-u, indamasang — juda yaxshi tarbiya topgan bo'lasan.
Odatda tarbiyada yo‘l qo‘yiladigan xato - yoshlarni mustaqil mulohaza yuritishga o‘rgatmaslikdir.
Vaziyat, zamon va makondan qat’i nazar, aslida qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan insonlar hurmatga loyiqdir.
Insonning axloqiy fazilatlarini uning alohida harakatlariga emas, balki kundalik turmush tarziga qarab baholash lozim.
Yaxshi tarbiya - o‘zimiz haqimizda qanchalik ko‘p va boshqalar to‘g‘risida qanchalik oz o‘ylashimizni yashira bilish san’atidir.
har bir kunning lazzatini faqat taqdir majburiyatidan o‘zimizni chetga olsakkina tota olamiz.
Inson o‘z taqdiri sari yurganida, ko‘pincha yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Haqiqiy tarbiya tabiatga mos ravishda rivojlanishga intiladi, lekin vaqtidan oldin yetilishga emas.
Bola o‘zini sevgan insonni seva oladi. Uni faqat mehr-muhabbat bilan tarbiyalash kerak.
Tarbiya baxtli kunlarda ko‘rk, baxtsizlik damlarida panohdir.
Har bir kishida ikki xil tarbiya mavjud: biri boshqalar tomonidan beriladigan tarbiya, ikkinchisi esa, o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan, o‘ziga o‘zi beradigan tarbiya.
Qattiq intizom orqali ko‘p narsaga erishish mumkin, sevgi bilan undan-da ko‘prog‘iga, ammo eng ko‘p natijaga ishni yaxshi bilish va shaxsga nisbatan adolatli bo‘lish orqali erishiladi.
Tarbiya qanchalik mukammal bo‘lsa, xalqlar shunchalik baxtli bo‘ladi.
Tarbiya, asosan, qalbimizga shaxs va jamiyat uchun foydali bo‘lgan odatlarni singdirishi lozim.
Tarbiyaning maqsadi insonni mustaqil, ya’ni mustahkam irodaga ega bo‘lgan insonga aylantirishdir.
Axloqsiz munosabatlar orasida bolalarga qullarday munosabatda bo‘lish axloqsizlikning yaqqol ko'rinidhidir.
Tarbiya qobiliyatni rivojlantiradi, lekin uni yaratmaydi.
Odat yoshlikdan mustahkamlanib boradi; buni biz tarbiya deb ataymiz, aslida u erta shakllangan odatdan boshqasi emas.
Одат инсоннинг \"иккинчи табиати\" ҳисобланади ва кўникмаларни ўзлаштиришдан иборат бўлган тарбия бизга айнан шу иккинчи табиатни шакллантириб беради.
1 / 4