Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat mavzusida 131 ta aforizma.
Insonning maqsadlari amalga oshgan sari yuksalib boraveradi.
General bo‘lishni orzulamagan askar — yomon.
Jasorat — g‘alabaning boshlanishi.
Muvaffaqiyatli odamlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan unumli foydalanib, oldinga intiladilar.
Har bir insonda quyosh bor — unga porlash imkonini bering.
Bu yerda o‘zingizni noo‘rin tutmang — bu juda muhim masala, qolgan hammasi o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. Kim kuchli bo‘lsa, eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.
Rasmni unga sarflangan vaqt miqdoriga qarab emas, balki uni yaratgan insonning qobiliyati va san’at darajasiga qarab baholash lozim.
Ko‘pchiligimiz uchun eng katta xavf – juda yuksak maqsad qo‘yib, unga erisha olmaslik emas, balki oddiy maqsadni ko‘zlab, unga yetishishdir.
Inson o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lgandagina haqiqiy qadr topadi.
Qimmatbaho toshni ishqalamay silliqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, inson ham yetarlicha mashaqqatli urinishlarsiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Muvaffaqiyat hech qachon adashmaslikda emas, balki har yiqilganda qayta o‘rindan tura olishdadir...
O‘zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullaning! Shunda hayotingizda bir kun ham mehnat qilishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Baxt — tayyor osh emas. U siz qilgan ishlaringiz mevasi.
Hatto xato ham yutuq uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Biz xatolarga yo‘l qo‘yish orqali kashfiyotlar qilamiz: bir-birimizning yutuqlarimizni kuzatamiz: tajriba o‘tkazish erkinligi bor joyda yaxshilanishga umid bor.
Ringda bo‘lasizmi yo‘qmi, taslim bo‘lishning hech qanday yomoni yo‘q. Yomon narsa – mag‘lubiyatda qolishdir.
Bor imkoniyatdan oqilona foydalanadiganlar yaxshi natijalarga erishadilar.
Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni ikki marta takrorlamaslikda.
Omadli insonlarda qo‘rquv ham, shubha ham, xavotir ham bo‘ladi. Ular shunchaki bu tuyg‘ular ularni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymadilar.
Eng yoqimlisi - boshqalar sen hech qachon qilmaydi deb o‘ylagan ishni amalga oshirishdir.
1 / 7