Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Muhabbat
Muhabbat
Muhabbat mavzusida 132 ta aforizma.
Hayratlanarlisi shundaki, yigirma yoshimda faqat sevgi haqida o‘ylardim. Endi esa faqat fikrlashni sevaman.
O‘zingizni qanday yaxshi ko‘rsangiz, boshqalarni ham shunday sevishga o‘rgatasiz.
Quvonch - qalblarni ovlash uchun muhabbat to‘ridir.
Erkakni xotinboz demang! Agar u bir muhabbatli bo‘lganida, sizga navbat kelmagan bo‘lardi.
Sevgan kishingizning kamchiliklari ham yoqimli tuyuladi, sevmagan odamingizning esa hatto fazilatlari ham g‘ashingizni keltiradi.
Sevimli inson jasur va o‘ziga ishongan bo‘ladi.\n\n
Haqiqiy erkak - ayolning tug‘ilgan kunini aniq eslaydigan, lekin uning yoshini hech qachon bilmaydigan erkakdir. Ayolning tug‘ilgan kunini eslay olmaydigan, ammo necha yoshda ekanini aniq biladigan erkak - uning eridir.
Senga mehr bilan boqadigan odamning ko‘zlarigina chiroyli bo‘ladi.
Kimgadir bitta ayol yetmaydi va u beshinchi, o‘ninchi ayolga o‘tib boraveradi. Boshqasiga esa bitta-yu bitta qizni sevish uchun umr kamlik qiladi.
Eng yovuz odamga uni sevishlarini aytishsa, uning yuzi ochilib ketadi. Demak, bu uning uchun baxt...
Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.
Bu dunyoda sevgidan shirinroq tuyg'u yo‘q. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, nafrat egallashi mumkin.
Muhabbatni sotib olib bo‘lmaydi - u o‘zini hadya qiladi.
Ko‘rinishingizning mutlaqo ahamiyati yo‘q, baribir sizni dunyodagi eng go‘zal inson deb hisoblaydigan yaqiningiz bor.
Baxt insonning go‘zallik bilan murosa qilishidir.
Egri chiziq - go‘zallik va baxtning geometrik chizig‘i.
Qalb go‘zallikni ko‘rmasa, sevmaydi.
Muhabbat - eng yaxshi kosmetika.
Ayol uchun aqldan ko‘ra go‘zallik muhimroq, chunki erkak kishi fikrlashdan ko‘ra ko‘rishni ma’qul ko‘radi.
Sevimli bo‘lish uchun eng yaxshisi go‘zal bo‘lishdir. Lekin go‘zal bo‘lish uchun sevilish kerak.
3 / 7