Muhabbat

Muhabbat mavzusida 132 ta aforizma.

Agar siz o‘zingizni sevishni bilmasangiz, kimnidir sevishingiz qiyin bo‘ladi, chunki siz boshqa odamga bergan, lekin o‘zingizga bermagan vaqt va energiyadan g‘azablanasiz.
O‘zingizni sevish - aslida qanday bo‘lsangiz, shunday qabul qilish demakdir.
Muhabbat - buyuk mo‘jizakor dori.
Agar sen o‘zingni sevmasang, hech kim seni sevmaydi, sen ham hech kimni seva olmaysan.
Avval o‘zingizni seving, qolgan hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Bu dunyoda biror nimaga erishish uchun o‘zingizni chindan ham sevish lozim.
Onaning quchog‘i boshqa quchoqlardan ko‘ra kuchli tasalli beradi.
Ona mehri - bu rohat, xotirjamlik, unga loyiq bo‘lish ham, erishish ham kerak emas.
Onangizning ko‘zlariga qaraganingizda, bu yer yuzida topilishi mumkin bo‘lgan eng sof muhabbat ekanligini tushunasiz.
Sevimli bo‘lish boy bo‘lishdan ko‘ra yaxshi, chunki sevilish baxtli bo‘lishni anglatadi.
O‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan holda boshqalarga zarar yetkazmasligi kerak.
Boshqalarning baxt-saodati haqida qayg‘urib, o‘zimizning baxtimizni topamiz.
Hayotning eng oddiy qoidasi: o‘zingiz yoqtirgan ishni qiling va o‘zingizga yoqadigan insonlar bilan birga bo‘ling.
Vataningda o‘tmishing ham, kelajaging ham bor. Begona yurtda - faqat hozirgi kun.
O‘zga yurt vatan bo‘lmas.
Vatan... Biz o‘z kuch-qudratimiz, ilhomimiz va quvonchlarimiz uchun undan qarzdormiz.
Vatanga muhabbat insoniyatga bo‘lgan muhabbatdan kelib chiqishi lozim, xuddi xususiylik umumiylikdan kelib chiqqani kabi.
O‘z Vatanini sevmoq - bu unda insoniyat idealining ro‘yobga chiqishini ko‘rishni yurakdan istash va o‘z kuchi yetgancha bunga ko‘maklashishdir.
Kuz - odamlar bir-birlarini so‘zlari, his-tuyg‘ulari, lablari bilan isitishlari kerak bo‘lgan fasl... O‘shanda hech qanday sovuq qo‘rqinchli emas!
Hayotda intilish bo‘lmasa zulmatdir. Har qanday intilish bilim bo‘lmaganda ko‘r bo‘ladi. Mehnat bo‘lmasa, har qanday bilim befoyda. Muhabbat bo‘lmasa, har qanday mehnat samarasiz bo‘ladi.
Oilaning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Shuning uchun, oila qurishdan oldin, siz uchun nima muhimroqligini o‘ylab ko‘ring - hammasi yoki oila.