Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Muhabbat
Muhabbat
Muhabbat mavzusida 132 ta aforizma.
Sening go‘zalliging kulgingda, mehribonliging va ruhingda.
Sening o‘zingga bo‘lgan ishonching va ruhiy quvvating meni senga hayratlanishga va o‘zimning eng yaxshi holatimga intilishga undaydi.
Muhabbatda ruh ham, tana ham teng ishtirok etadi; aks holda sevgi mukammal bo‘lmaydi: biz na farishtamiz, na hayvon.
Men buni aytishning yangi usulini o‘ylab topishga ko‘p marta urinib ko‘rdim, lekin hali ham sizni shunchaki sevaman.
Men sevgiga sodiq qolishga ahd qildim; nafrat esa ortiqcha yuk.
Qalblarimiz nimadan yaratilgan bo‘lmasin, uniki va meniki aynan bir xil.
Siz kimnidir sevganingizda, uni o‘zingiz xohlaganingizday emas, balki qanday bo‘lsa shundayligicha sevib qabul qilasiz.
Senga oddiy odamdek munosabatda bo‘ladiganlarni hech qachon sevma.
Biz sevgan kishilarning javob muhabbati hayotimizni oziqlantiradigan olovdir.
Muhabbat bilan uchrashganda hamma shoirga aylanadi.
Muhabbat men va sen uchun yaratilgan.
Tabassum - muhabbatning boshlanishi.
Eng avvalo o‘zingizni sevishni o‘rganishingiz, shundan so‘nggina muhabbatingizni boshqalarga ulashishingiz kerak.
Sevgi - bu cheksiz kechirimli bo‘lish.
Balki men ko‘p narsani bilmasam-da, ammo shuni bilamanki, sening muhabbating tufayli men baxtga sazovor bo‘ldim.
Muhabbat – bu osmонdan yuborilgan, sizninig oromingizni o'g'irlaydigan tuyg'u.
Agar sen yuz yoshgacha yashayolsang, men yuz yoshdan bir kun kam yashashni istayman, chunki sensiz bir kun ham yashashni xohlamayman.
Men nimaiki qilsam, sen uchun qilaman.
Oddiygina \"Men seni sevaman\" so‘zi har qanday puldan qimmat turadi.
Agar hayotingizda sevgan kishingizni topsangiz, o‘sha sevgini ushlab qoling.
4 / 7