Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat mavzusida 96 ta aforizma.
Hayot - bu yo‘l. Kim bilan borishni tanla!
Sayohat ham xuddi nikoh kabidir. Asosiy yanglishish - bularni nazorat qila olaman deb o‘ylashdir.
Agar siz baxtni izlashda davom etsangiz, hech qachon baxtli bo‘lmaysiz. Agar siz hayotning ma’nosini izlasangiz, hech qachon mazmunli yashay olmaysiz.
Aytishlaricha, inson bu dunyoda chinakamiga baxtli bo‘lishi uchun faqat uchta: sevimli bo'lish, sevgan kasbi shug'ullanish va umid qilish.
Bugun kimgadir yaxshilik qilib, dunyoni yaxshilashga kuchingiz yetadi.
Iltifotli bo‘l, chunki sen uchratgan har bir kishining hayoti oson o'tmagan.
Yaxshilik hayot bo‘roniga dosh beradigan va yuvilib ketmaydigan yagona najotdir.
Bitta yaxshilik har tomonga ildiz otadi va bu ildizlardan, yangi daraxtlar paydo bo'ladi.
Yaxshi so‘zlar qalbda yaxshi his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Doim shirinsuxan bo'ling.
Boshqalarga nisbatan sevgi va mehribonlikni his qilsak, bu nafaqat boshqalarni sevilish va g‘amxo‘rlikni his qilishga, balki ichki baxt va xotirjamlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Yaxshilik qil, lekin minnatdorchilik kutma!
Yaxshi odamlarga qasam bilan emas, so‘z va aql bilan ishonish kerak.
Ba’zan birgina mehr va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartirishi uchun yetarlidir.
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, balki hayotingiz mazmunli bo‘lishi uchun intiling.
Sog‘liqni saqlashning yagona yo‘li - istamaganni yeyish, yoqtirmaganni ichish va xushlamagan ishni qilishdir.
Insonnig tashqi ko'rinishiga qarab baho bergan inson aqlsizdir.
Kuchli ayol sevadi, kechiradi, voz kechadi, qo‘yib yuboradi, qayta urinadi va qaysarlik qiladi... Hayot unga nimani taqdim etishi muhim emas.
Avvalo, o‘z hayotingizning qurboni emas, qahramoni bo‘ling.
Biznesda muvaffaqiyat qozonishning sehrli formulasi: xaridorlarga mehmondek, xizmatchilarga esa insondek munosabatda bo‘ling.
Biznes - bu birovning cho‘ntagidan zo‘ravonliksiz pul undirish san’ati.
2 / 5