Jamiyat

Jamiyat mavzusida 96 ta aforizma.

Ishonch va halollik nafaqat shaxs uchun, balki butun jamiyat uchun ham muhimdir.
Agar o'zingizni yolg‘iz his etsangiz, demak yomon davradasiz.
Onam mening eng buyuk ustozim, rahm-shafqat, muhabbat va jasur ustozim edi. Muhabbat gul kabi shirin bo‘lsa, onam o‘sha shirin muhabbat gulidir.
Kuchingiz yetguncha mehnat qiling.
Insonning axloqiy fazilatlarini uning alohida harakatlariga emas, balki kundalik turmush tarziga qarab baholash lozim.
Hayot murakkab, u haqda jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Zaiflar hech qachon kechirishmaydi. Kechirimli bo‘lish - kuchlilarning xislati.
Baxt - g‘am-tashvishsiz hayot emas, baxt - ruhiy xotirjamlik.
Hayotni shunday tashkil qilish kerakki, undagi har bir lahza ahamiyatli bo‘lsin.
Haqiqiy hayot katta tashqi o‘zgarishlar ro‘y beradigan, odamlar bir-biri bilan to‘qnashadigan, urishadigan va bir-birini o‘ldiradigan joylarda emas, balki insonlarning ma’naviy ongida kichik, sezilar-sezilmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan joylardagina kechadi.
Til haqiqatni yashira olishini, ko‘z esa hech qachon yashira olmasligini anglang.
Dunyoni fikr boshqarayotganini ko‘rganlar buyukdir.
Dunyo ikki sinfga bo‘linadi - ba’zilari aql bovar qilmaydigan narsalarga ishonadi, boshqalari esa imkonsiz narsalarni amalga oshiradi.
Ishonchim komil: \"mumkin emas\" degan so‘z seni to‘xtatib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Pul degani nima? Inson ertalab uyg‘onib, kechqurun yotog‘iga qaytsa va shu orada o‘zi yaxshi ko‘rgan ishni qilsa, muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Hamma bolalar rassomdir. Muammo shundaki, katta bo‘lganingda ham rassom bo‘lib qolish kerak.
Agar ichki ovoz sizga rasm chiza olmasligingizni aytsa - iloji boricha ko‘proq rasm chizing, shunda bu ovoz o‘chadi.
Hamma insoniyatni o‘zgartirishni istaydi, lekin hech kim o‘zini o‘zgartirish haqida o‘ylamaydi.
Bolani qorong‘ulikdan qo‘rqqanligi uchun ayblamoq kerak emas. Katta odamning yorug‘likdan qo‘rqishi haqiqiy fojiadir.
Sayohat bag‘rikenglikni o‘rgatadi.