Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Hayotda amal qilish kerak bo‘lgan yagona qoida - har qanday vaziyatda ham insoniyligingizni saqlab qolishdir.
Qahramon bo‘lish uchun bir lahza kifoya, ammo munosib inson bo‘lib yetishish uchun butun umr zarur.
Tajribangizning bir grammi boshqalarning bir tonna nasihatidan qimmatroqdir!
Men hayotim o‘zgarishini yillar davomida kutdim, ammo hozir tushundimki, aslida hayot mening o‘zgarishimni kutayotgan ekan.
So‘zda hammasi oson ko‘rinadi. Barchamiz so‘z ustasimiz. Ammo faqat xatti-harakatlarimiz aslida kim ekanligimizni ko‘rsatadi.
Har kun yaxshi bo‘lavermaydi, muhimi har kunning yaxshi tomonlarini xotirada saqlashdir.
Siz chiqish yo‘li yo‘q deb o‘ylaydigan paytda, o‘z hayotingizning prodyuseri ekanligingizni eslab qo‘ying.
O‘zingni faqat seni yuqoriga ko‘taradigan odamlar bilan o‘rab ol. Hayotning o‘zi shundoq ham seni pastga tortmoqchi bo‘lganlar bilan to‘lib-toshgan.
Hayotning sizga tabassum qilishini istasangiz, avvalo o‘zingizning yaxshi kayfiyatingizni unga in’om eting.
Sevgi - boshqalar bilan chiqishishning eng yaxshi yo‘li.
Vaziyat, zamon va makondan qat’i nazar, o‘zining asl mohiyatini saqlab qoladigan insonlar hurmatga sazovordir.
Agar kimdir hayotingda qolishini xohlasang, unga hech qachon loqayd munosabatda bo‘lma.
Hayotimizdagi eng muhim so‘zlarni biz ichimizda aytamiz.
O‘z uyida baxtli bo‘lgan inson baxtlidir.
Kimnidir unutishga urinish - uni doimo yodda tutish deganidir.
Hayotda hech qachon xato qilmaydigan odam - bu yangi g'oyalarni sinab ko‘rmaydigan insondir.
Siz ideallar izlash bilan yashashni emas, balki o‘zingizda mavjud bo‘lgan istakni qadrlay boshlaganingizda, haqiqiy baxtli insonga aylanasiz.
Insonga hayotda maqsad bilan yashashi lozim, shunda u har qanday vaziyatda bor kuchini sarflay oladi.
O‘z hayotidan norozi bo‘lgan odamlar doimo qochish haqida gapirishadi, ammo ko‘pchilik qochmaydi. Hammasi joyida, deb ko‘zni yumish osonroq.
Kim kuchli, kim aqlli, kim chiroyli, kim boyroq ekanining nima ahamiyati bor? Axir, pirovardida faqat bir narsa muhim: sen baxtli insanmisan yoki yo‘qmi?
84 / 87