Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Qancha umr ko‘rsang ham, butun hayoting davomida o‘rganishing lozim.
Inson boshqalarning takomillashuviga yordam bermaguncha, o‘zi shunga erisha olmaydi.
Taqdir — irodasi bo‘sh kishilarning o‘z baxtsizliklarini oqlashda eng asosli vajdir.
Ikki kishilik davrada ham, ulardan o‘rganadigan biror nima albatta topib olaman. Ularning fazilatlaridan o‘rnak olishga intilaman, kamchiliklarini esa o‘zimga saboq olaman.
Kitoblarni emas, odamlarni o‘rganish foydaliroqdir.
Aqlli odam yoshi ulg‘ayganida ham yoshligida o‘rganib ulgurmaganni o‘rganishdan or qilmaydi.
Agar qirg‘oqni ko‘zdan yo‘qotishdan cho‘chisang, hech qachon okeanni suzib o‘ta olmaysan.
Miyamda tez-tez hayotimning ssenariylarini tuzaman... va bundan zavqlanaman... bu ssenariylarda hamma narsa samimiy va o‘zaro bo‘lganidan lazzatlanaman...
Esda tut, hayot velosiped minishga o‘xshaydi: agar senga qiyin bo‘lsa, demak yuqoriga ko‘tarilyapsan!
Muvaffaqiyatni insonning hayotda erishgan mavqei bilan emas, balki muvaffaqiyatga intilish jarayonida yengib o‘tgan qiyin hayotiy vaziyatlari bilan o‘lchash maqsadga muvofiqdir.
Kim eshikni taqillatmasa, unga ochilmaydi. Kim urinib ko‘rmasa, natijaga erishmaydi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, yolg‘iz bo‘la olish qobiliyati sevish qobiliyatining asosiy shartidir.
Hayot qonunlaridan biri shunday: bir eshik yopilganda, boshqasi ochiladi. Ammo muammoning asli shundaki, biz yopiq eshikka tikilib qolamiz-u, ochilgan eshikni payqamaymiz.
Ko‘pchilik odamlar o‘z hayotlarida hech qachon burilish yasay olmaydilar, chunki ular yaxshi hayotdan chiqib, qiyinchilikka qadam tashlashdan bosh tortadilar.
Kelajak haqida, o‘z hayotini yaxshilash haqida o‘ylaydigan va shu yo‘lda harakat qiladigan odamlarda harakat rejasi bo‘ladi. Ular o‘z hayot xaritasini chizadilar va u bo‘ylab harakatlanadi.
Go‘zallik - tashqi ko‘rinish, surat - san’at, ammo hayotda eng muhimi - mehribon qalb, xarakter va his-tuyg‘ulardir.
Hayotingizning 90 foizi o‘zingizga, atigi 10 foizi esa vaziyatlarga bog‘liq, bu vaziyatlarning 99 foizi ham o‘zingizga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqalar uchun yashashni istaganlar o‘z hayotlarini e’tiborsiz qoldirmasliklari lozim.
Shunday yashaginki, odamlar siz bilan uchrashganda tabassum qilsin, siz bilan suhbatlashganida esa o‘zlarini ozgina bo‘lsa-da baxtliroq his etsin.
Biz bilan sodir bo‘ladigan har bir ishni hayotimizda iz qoldiradi. Barchasining hozirgi holatimizga o'z aksini topadi.