Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
Hech nima qilmagan odamgina xato qilmaydi. Ammo hech narsa qilmaslik ham xato.
Bizning xatoimiz ko‘pincha qilgan ishimizda emas, qilgan ishimizdan afsuslanishimizda bo‘ladi...
Xatolarini osongina tan oladigan odam kamdan-kam hollarda tuzalishga qodir bo‘ladi.
Yolg‘iz aqlli bo‘lgandan ko‘ra, hamma qatori xato qilgan yaxshi.
Zaiflar ko‘pincha shafqatsiz bo‘ladilar, chunki ular o‘z xatolarining oqibatlarini bartaraf etish uchun hech nimadan tap tortmaydilar.
Tajriba - bu yo‘l qo‘yilgan, qilinmagan xatolar yig‘indisidir.
O‘z xatolarini tan olmoq jasoratdir.
Inson o‘z xatosini tan olishi uyat emas.
Haqiqatni topishdan ko‘ra xatoni topish ancha oson.
Hamma o‘zining xatolarini tajriba deb ataydi.
Yanglishmaydigan odam xato qilgan odamdan buyruq oladi.
Biror nima qilmagan odam hech qachon xato qilmaydi.
Kimki boshqalarsiz ham yashay olaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi; lekin kimki boshqalar mensiz yashay olmaydi, deb o‘ylasa, undan ham ko'p yanglishadi.
Xatoga yo‘l qo‘yish va uni anglash donolikdir. Xatoni anglab, uni yashirmaslik donolikdir.
Har qanday ayolning xatosida erkakning aybi bor.
Haddan tashqari aqllilar bilan muomala qilish zerikarli. Ularga hamma narsani biladigandek tuyuladi va shuning uchun xato qilishadi.
Boshqalarning xatolariga chidamli bo‘l. Balki o‘zing ham adashib dunyoga kelgandirsan.
Xatolarni har doim kechirish mumkin, faqat ularni tan olishga jasorat topilsa.
Mening xatoyim shunda ediki, faqat gullaydigan daraxtdan meva kutganim.
21 / 87