Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Bu dunyoda boshqalar seni tushunishi uchun mavjud emassan. Sen o‘zingni anglash uchun shu yerdasan.
Hayot sizga kulib boqishini istasangiz, avvalo unga o‘zingizning yaxshi kayfiyatingizni hadya eting.
Noto‘g‘ri burilishdan keyin orqaga tashlangan qadam esa to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamdir.
Qandaydir kamchilikni sezganingizda yoki xatoga yo‘l qo‘yganingizda o‘zingiz bilan qanday gaplashasiz: o‘zingizni urishasizmi yoki o‘zingizga yumshoqroq va tushunarli qilib gapirasizmi?
Insonni uning xatolari emas, balki ularni qanday tuzatishi belgilaydi.
Xatolaringdan uyalma, ular bor kuching bilan harakat qilayotganingni va hech qachon taslim bo‘lmasligingni isbotlaydi.
O‘tmishdagi xatolar va umidsizliklar kelajagingizni boshqarishiga va yo‘naltirishiga yo‘l qo‘ymang.
Hatto xato ham muhim yutuq uchun zarur bo‘lgan yagona yo'l bo‘lishi mumkin.
Hadeb o'ylab siqilishdan foyda yo'q! Yashashda va sevishda davom eting. Umr qisqa. Hayotingizni mazmunli o'tkazing!
Kuch g‘alabada emas. Kurash sizning kuchli tomonlaringizni rivojlantiradi. Qiyinchiliklarga duch kelganingizda va taslim bo‘lmaslikka qaror qilganingizda, bu kuchning o‘zidir.
Menga arzirli ish qilgan odamni ko‘rsating, men sizga qiyinchiliklarni yengib o‘tgan odamni ko‘rsataman.
Ringda bo‘lasizmi yo‘qmi, taslim bo‘lishning hech qanday yomoni yo‘q. Yomon narsa – mag‘lubiyatda qolishdir.
Sharobning yomon tomonlaridan biri shuki, u kishini so‘z bilan fikrni chalkashtirib yuboradi.
Xato va muvaffaqiyatsizliklar yo‘q, faqat saboqlar bor.
Agar o‘zingiz xohlasangiz, har bir xato ko‘proq tushunish va samaradorlikka olib keladi. Agar o‘zingiz xohlasangiz, har bir umidsizlik sizga sabrli va qat’iyatli bo‘lishga yordam beradi.
Bor imkoniyatdan oqilona foydalanadiganlar yaxshi natijalarga erishadilar.
Erkak bo‘lish uchun muvaffaqiyat va xatolari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni bilishi lozim. Birovni ayblash, hasad qilish kerak emas. Birovning muvaffaqiyatini o‘z muvaffaqiyatsizligi deb bilmoq halokatli hayot tarzidir.
Xatolar kashfiyotlar eshigidir.
Halollik va yetuklik o‘z hayotini muvaffaqiyatli davom ettirganlarning yo'li. Bir xil xatolarni takrorlaydiganlardan ajratib turadigan ikkita asosiy omildir.
Inson ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Lekin u o‘z xatolarida boshqa birovni ayblashni to'xtatsagina omadga erishadi!