Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Kamtar odamni maqtash shart emas. Agar uning kayfiyatini buzgingiz kelsa... Marhamat!
Kamtarlik - bu shunday dabdabali yashash san’atiki, buni ko‘rib hamma seni kambag‘al deb o‘ylaydi.
Kamtarlik insonni bezaydi, ammo uni tanib bo‘lmaydigan darajada emas.
Agar kamtarlik ko‘zga tashlanmasa, uni namoyish qilishadi...
Bizning qo‘limizdan kelmaydigan ish yo‘q... Hali biz qilishga urinib ko‘rmagan narsalar bor...
O‘zingiz haqingizda indamay qo‘ya qolganingiz ma’qul, shunda boshqalar ham siz haqingizda yaxshi gap aytishadi.
Kamtarlik - ruhan kuchlilarning yutug'i.
Kamtar bo‘ling - bu atrofdagilarni g-azabiga uchramaydigan g‘ururning bir ko‘rinishidir.
Faxrlanishga arziydigan nimadur bo‘lsa, kamtar bo‘lish kerak. Hech nima bo‘lmasa ham kamtar bo‘lish afzal.
U kamtar odam edi va faqat birgina narsani xohlardi: olqishlar, qarsak chalinishlar yoki qarsakbozliklar bo‘lishini.
Kamtarona hayot kechirish, agar bu o‘z tanlovingiz bo‘lsa, unda qahramonlik kamroq, biroq haqiqat ko‘proq bo‘ladi.
Uzoqni ko‘ra oladiganlar kamtar bo‘ladi.
Kamtarlik uni bezak deb qaralganda yo‘qoladi...
Men o‘zimning kamtarligim bilan hammangizni hayratga solaman!
O‘zining kamchiligini anglash bilan mulohazalarda kamtarlik paydo bo‘ladi...
Kamtarlik kambag‘alni bezaydi, boylik boyni.
Qiz bolaning eng yaxshi ziynati hayo va chiroyli ko‘ylakdir.
Pastkashliklar uchun mos \"niqob,\" kamtarlik!
Birovning hayotini tatib ko‘rmang, o‘zingiznikidan zavqlaning.
Baxtlilar bugundan yashaydi! Qolganlari - goh ertaga, goh kecha...
17 / 87