Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Ilm
Ilm
Ilm mavzusida 56 ta aforizma.
Kimki hech narsa haqida so‘ramasa, u hech narsani o‘rganmaydi.
O‘quvchining erkin fikrlash har qanday samarali ta’limning yagona mustahkam poydevoridir.
Istaksiz o‘qiydigan o‘quvchi qanotsiz qushga o‘xshaydi.
Ilm olishda to‘xtab bo‘lmaydi.
Yaratish uchun o‘rganishingiz kerak!
Xalq maqolida aytilganidek, ta’lim faqat yorug‘lik emas, balki erkinlik hamdir. Insonni bilimchalik ozod qiladigan boshqa omil yo‘q.
Biz hammamiz oz-ozdan, qanday bo‘lsa ham, nimanidir o‘rganib oldik.
Hayotdagi eng katta g‘alaba - o‘zingizning salbiy fikrlashingiz ustidan erishgan g‘alabadir.
Nimani xohlayotganingni bilmasang, oxir-oqibat o‘zing sira istamaydigan narsa bilan qolishing aniq.
Voqealarga boshqacha nazar tashlash kifoya, shunda hayot boshqa yo‘nalishda oqa boshlaydi.
Kelajak haqida o‘ylaydigan, o‘z hayotini qanday yaxshilashni rejalashtiradigan va shu yo‘nalishda harakat qiladigan odamlarning aniq harakatlar rejasi mavjud bo‘ladi. Ular o‘z hayot xaritalarini chizib, shu yo‘nalish bo‘ylab ilgarilab boradilar.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilar oldingilarni quvlab yetishlari, orqadagilarni esa kutib o‘tirmasliklari lozim.
Hayot yo'li ta’limdan iborat, undagi har bir kishi ustoz va abadiy shogirddir.
Inson aqli nimani anglay olsa va nimaga ishonsa, o‘shanga erishishga qodir.
Inson qanchalik erkin va ma’naviyti yuksak bo‘lsa, uning tafakkur ufqlari shunchalik keng bo‘ladi.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
3 / 3