Ilm

Ilm mavzusida 56 ta aforizma.

Chet tilida so‘zlashish - uning dunyosi va madaniyatini egallash deganidir.
Har bir zarba meni keyingi raundga yaqinlashtiradi.
O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!
Ta’lim dunyoni o‘zgartirish uchun ishlatishingiz mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir.
Agar siz xotirjam uxlamoqchi bo‘lsangiz, har kuni ertalab qat’iyat bilan turishingiz kerak.
Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir.
O‘rgatish ikki karra o‘rganish demakdir.
O‘rtamiyona o‘qituvchi ma’ruza qiladi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Ajoyib o‘qituvchi namoyish etadi. Buyuk ustoz ilhom beradi.
Kitobiy bilim bezak-u, asos emas.
Qadimda odamlar o‘zlarini takomillashtirish maqsadida ilm olishardi. Bugungi kunda esa boshqalarni hayratga solish uchun o‘qishmoqda.
Ba’zilar universitetga ilm olish uchun borsa, aksariyat qismi professorlarning fikrlarini o‘zlashtirishni maqsad qiladi.
Sarmoyali bilimlar yaxshiroq esda qoladi.
Katta yoshda o‘rganishdan uyalma: hech o‘rganmaslikdan ko‘ra kechroq o‘rganish afzal.
Maktabdagi mashg‘ulotlarim ta’limimga xalal berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaganman.
Eng dono va eng ahmoqlar ta’lim olishga moyil emaslar.
Kitobsiz o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi elak bilan suv olishga tengdir.
Na san’at, na donishmandlik o‘rganilmasa erishib bo‘lmaydi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchi oldindagilarni quvib yetishi va ortdagilarni kutib o‘tirmasligi lozim.
O‘qishni xohlamaydigan odam hech qachon chinakam inson bo‘la olmaydi.
Ozgina bilish uchun ko‘p o‘qish kerak.