Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Idrok
Idrok
Idrok mavzusida 520 ta aforizma.
Harakat qilishga jur’at etmasang, hech qachon ko‘p yutuqqa erisha olmaysan.
Siz amalga oshira oladigan eng katta sarguzasht - orzuingizdagi hayotni yashashdir.
Siz tashqi voqealarga emas, balki o‘z ongingizga hukmronlik qilasiz. Buni anglab yetsangiz, kuch-qudratga ega bo‘lasiz.
Qo‘rquvingizga qancha kuch sarflasangiz, orzularingizga ham shuncha kuch sarflaysizmi?
Sen xohlagan barcha narsa qo‘rquv ortida joylashgan.
Biror narsaga ishonganingizda, unga oxirigacha, so‘zsiz va shubhalanmay ishoning.
Bu sening hayoting, o‘zing istagancha yashash uchun birovning ruxsati kerak emas. Dadil bo‘l, yurak amri bilan yasha.
Imkonsiz narsa bilan shug‘ullanish juda qiziqarli.
Ijobiy holatni ayting, shunda ijobiy burilishni ko‘rasiz.
Menimcha, kamalakni istasang, yomg‘irga ham rozi bo‘lishing kerak!
Boshi berk ko‘cha shunchaki aylanish uchun yaxshi joy.
Doimo seni boshqa birovga aylantirmoqchi bo‘lgan dunyoda o‘zligingni saqlab qolish - eng buyuk yutuqdir.
Sen o‘ylaganingdan ko‘ra jasurroq, ko‘ringaningdan ko‘ra kuchliroq va o‘ylaganingdan ko‘ra aqlliroqsan.
O‘zimni yaxshi his qilmaganimda, o‘zimdan so‘rayman: \"Bu vaziyatda nima qilmoqchisan?\" Men salbiy holatdan foydalanib, o‘zimni yaxshilashga harakat qilaman.
Rohatlanib o‘tkazayotgan vaqt - yo‘qotilgan vaqt emas.
Aqlli insonlarning baxti men bilgan eng noyob hodisadir.
Muvaffaqiyat - bu siz xohlaganingzga erishish, baxt esa - siz erishmoqchi bo‘lganga intilishdir.
Mehringni darig' tuttma, lekin minnatdorchilik kutma.
Zero, biz berish bilan olamiz.
Yaxshilik qilish hech qachon kech bo'lmaydi, chunki qachon kech bo‘lishini bilmaysan.
22 / 26