Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Idrok
Idrok
Idrok mavzusida 520 ta aforizma.
Sevish - o‘zingni boshqada anglay olishdir.
Muhabbatda doimo ozgina telbalik bo'ladi. Ammo telbalikda ham albatta sabab topiladi.
Muhabbat mantiqqa bo‘ysunmaydi, u aqldan ustun turadi. Muhabbat aql vodiylari uzra, cho‘qqilarda makon topadi. Bu yuksak mavjudlik, borliqning toji bo‘lib, u juda kam insonlarga nasib etadi.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Uchish qobiliyatingdan shubhalanganing zahoti uchishdan to‘xtaysan.
Birinchidan, o‘yla. Ikkinchidan, ishon. Uchinchidan, ro‘yobga chiqadigan narsalarni orzu qil.
Hamisha vijdoningga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga imkon ber.
Ajralib turish uchun dunyoga kelgan bo‘lsang, nima uchun boshqalarga o‘xshashga urinasan?
Boshlay olasiz, uddalashingiz aniq, agar boshlashga jur’atingiz yetsa, albatta maqsadingizga erishasiz.
O‘zingizni qo‘lga oling, boshqa barcha rollar allaqachon band.
Hayot janglarida har doim ham kuchli yoki tezkor g‘olib bo‘lavermaydi. Ammo ertami-kechmi, kim g‘alaba qozonaman deb o‘ylasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
Pessimizm zaiflikka, optimizm esa kuchga yetaklaydi.
Har kunda 1440 daqiqa mavjud. Bu shuni anglatadiki, biz har kuni 1440 marta ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga egamiz.
Salbiy fikrlarni ijobiy fikrlar bilan almashtirsangiz, ijobiy natijalarga erisha boshlaysiz.
Buyuk ishlar ishonishni, sinab ko‘rishni, o‘rganishni va shukrona aytishni to‘xtatmaydigan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hayotdagi asosiy saboq shuki, hech qachon hech kimdan va hech nimadan qo‘rqma.
Doimo o‘zingiz eplay olaman deb o‘ylaganingizdan ham ko‘proq narsani orzu qiling va unga intiling. Zamondoshlaringiz yoki o‘tmishdoshlaringizdan ustun bo‘lish haqida tashvishlanmang. O‘zingizdan ham yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling.
Har bir inson o‘z hayotini boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan tarzda o‘tkazishi kerak.
Hech qachon mag‘lubiyat qo‘rquvi o‘yin o‘ynashingizga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymang.
O‘zgarish uchun chuqur intilish zarur, o‘sish uchun esa undan-da chuqurroq intilish talab etiladi.
21 / 26