Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Yaxshilik qil, lekin minnatdorchilik kutma!
So‘zdagi mehribonlik ishonch uyg‘otadi. Tafakkurdagi ezgulik teranlikni yaratadi. Xizmatdagi mehribonlik mehr yaratadi.
Mehr ila zo‘rlik bilan erishib bo‘lmaydigan barchasiga erishish mumkin.
Xudbin qashshoqlikda yashaydi. Yaxshi odam farovon yashaydi.
Qanchadan-qancha odamlar o‘zlarini oqko‘ngil deb o‘ylashadi, holbuki, bular shunchaki zaif asablardir.
Ko‘pchilik ko‘lmakni ko‘radi, ba’zilar esa unda oyning aksini ko‘radi.
5 yoshligimda onam har doim hayotda eng muhimi baxt ekanligini aytardi. Maktabga borganimda, katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchisan, degan savolga \"baxtli inson\" deb javob berganman. O‘shanda menga savolni tushunmayotganimni aytishdi, men esa hayotni ular tushunmayotganini aytdim.
Yengil hayot bizni hech narsaga o‘rgatmaydi. Eng muhimi, biz oxir-oqibat nimani o‘rgandik, nimani angladik va qanday ulg‘aydik.
Hayotingizdagi muhim ikki kun: tug‘ilgan kuningiz va buning sababini tushungan kuningiz.
Yaxshiroq bo‘lsang, o‘zing ham yaxshi bo‘lasan.
Harakat qilmaydigan odam nimaga qodirligini bilmaydi.
Kuchli bo‘lishni oldingizga maqsad qo'ymaguningizcha, qanchalik kuchli ekanligingizni hech qachon anglay olmaysiz.
Sizni sevib qoldim, deb o‘ylamang. Men sevib qolmadim, ulg‘aydim.
Muhabbat ko‘z bilan emas, aql bilan boqadi
Muhabbat neligini bilsam, faqat sen tufayli tushunaman.
Biznes - bu o‘yin, agar siz uni qanday o‘ynashni bilsangiz, marra sizniki.
Muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, u haqida tashvishlanmaslik kerak. Agar muammo hal etilmasa, u haqda qayg‘urish befoyda.
Muvaffaqiyat qoshingizga kelmaydi. Unga erishish uchun olg'a qadam tashlashingiz kerak.
Haqiqatan ham xohlagan narsangizni qilishga qaror qilsangiz, hayotingizning butunlay boshqa bosqichi boshlanadi.
O‘tmishga qaytib, startni o‘zgartira olmaysiz, lekin hozir start olib, finishni o‘zgartirishingiz mumkin.