Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Odamlar o‘z xatolarini qanchalik aniq tushunishlarini shundan ham bilsa bo‘ladiki, ular o‘z xatti-harakatlari haqida hikoya qilar ekanlar, buni doimo olijanoblik bilan ko‘rsata oladilar.
Xatolarni qanday to‘g‘rilashni bilmasangiz, ularni hech qachon ko‘rsatib o‘tmang.
Hamma bir xil fikrda bo‘lsa ham, barcha ham xato qilishi mumkin.
Faqat bitta tug‘ma xato bor - biz baxtli yashash uchun tug‘ilganmiz, degan ishonch.
Chinakam obro‘ga ega bo‘lgan kishi o‘z xatosini tan olishdan cho‘chimaydi.
Barcha xato qiladi, lekin buyuk odamlar xatolarini tan oladi.
Eriga xatosini ko‘rsatgandan ko‘ra, o‘zi yanglishgani afzal.
Eng katta xato - o'zligini berkitib, yoqimliroq bo‘lishga urinish.
Xato qilish qo‘rquvidan cho‘chimaslik kerak, eng katta xato o‘zini tajribadan mahrum etishdir.
Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
Xatolarni har doim kechirish mumkin, faqat ularni tan olishga jasorat topilsa.
Har qanday ehtiros xatolarga undaydi, ammo eng ahmoqona ishlarga muhabbat undaydi.
Eng dadil harakat ovoz chiqarib mustaqil fikrlashdir.
O‘zingga yaxshi bo‘lgan narsani og‘riqli sanama.
Agar siz o‘zingizni sevishni bilmasangiz, kimnidir sevishingiz qiyin bo‘ladi, chunki siz boshqa odamga bergan, lekin o‘zingizga bermagan vaqt va energiyadan g‘azablanasiz.
Siz hayotingiz uchun javobgarsiz.
O‘zini sevmoq manmanlik emas. Bu sog‘lom fikr yuritish demak.
O‘z qadringizga yetsangiz, boshqalar siz haqingizda yomon fikrda bo‘lishini bartaraf etasiz.
Boshqalar sizni hurmat qilishini istasangiz, o‘zingizni qadrlang! Faqat shu yo‘l bilan, o‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz bilan boshqalarni hurmat qilishga undaysiz.
Boshqa inson bo‘lish istagi - bu o‘zligingizni yo‘qotishdir.