Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Hayotning eng katta sabog‘i, ahmoqlar ham haq bo‘ladi.
Hayotning siri yetti marta yiqilib, sakkiz marta turishdir.
Agar reja ish bermasa, ini o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.
Qancha umr ko‘rsang ham, butun hayoting davomida o‘rganishing lozim.
Tabiat hammasi haqida shunday g‘amxo‘rlik qilganki, qayerga borma, o‘rganadigan nimadir topasan.
Tabiat boshlab beradi, san’at yo‘naltiradi, amaliyot esa yakuniga yetkazadi.
Bir kun kelib hayotingga shunday baxt kiradiki, tushunib yetasan - u o‘tmishdagi barcha yo‘qotishlaring evaziga arziydi.
Hayotda o‘zingizga maqsadlar qo‘ying, chunki maqsadlar - aniq belgilangan muddatda ro‘yobga chiqadigan orzulardir.
Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo‘lmagan muammoni bermaydi.
Hayotning maqsadi ko‘pchilik tomonida bo‘lish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonunga muvofiq yashashdan iboratdir.
Sinchiklab qarasam, vaqt o‘tishi bilan yuz berayotgandek tuyulgan o‘zgarishlar aslida hech qanday o‘zgarish emasligini anglayapman: faqatgina voqralarga bo‘lgan qarashlarim o‘zgarmoqda, xolos.
Biror kishiga to‘liq va so‘zsiz ishonch bildirsangiz, oqibatda ikki narsadan birini qo‘lga kiritasiz: yo umr bo‘yi yoningizda qoladigan inson, yo umr bo‘yi esda saqlanadigan saboq.
Hayotda ilojsiz vaziyatlar yo‘q, faqat qabul qilinmagan qarorlar bor.
Hech qachon yiqilmagan emas, balki yiqilib turib, yana oyoqqa turgan kishi buyukdir.
Hammasi siz kutganingizday bo‘lmasa ham, xafa bo‘lmang. Parvardigorning rejalari doimo biznikidan afzalroqdir.
Hayotimiz - sayohat, g‘oya esa - yo‘l ko‘rsatuvchi. Yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lmasa, hammasi to‘xtab qoladi. Maqsad yo‘qolsa, kuch-quvvat ham yo‘qolgandek bo‘ladi.
Insonni baxtli qilish vazifasi dunyoning yaratilish rejasiga kiritilmagan.
Hayot haqida bilganlarimni ikki og‘iz so‘z bilan aytishim mumkin: u davom etmoqda.
Aslida, hayot oddiy, lekin biz uni murakkablashtirib yuboramiz.
Bizning hayotimizga quvonchli bo'ladi, qachonki foydali mehnat shug‘ullanishimiz, kimnidir sevishimiz va nimadandir umid qilsak.
32 / 34