Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Maqsad bilan yashashni boshlaganingizda, barchasi o‘z joyiga tushishni boshlaydi. Maqsad bilan yashash - bu o‘zing sevgan, yaxshi biladigan va muhim deb bilgan ishlarni qilish demakdir.
Maqsadimiz - bu orzularimiz bo‘lib, ularni rejalashtirib, so‘ngra o‘z harakatimizdan foydalanib, hayotimiz haqiqatiga aylantiramiz.
Muvaffaqiyatlilar muntazam ravishda omadsizlar qo‘rqadigan ishlarni qilishga odatlanadi.
Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatga iforini beruvchi ziravordir.
Manzilga yetmoq uchun, avvalo, yurish kerak.
Shubha - bu qotil. Siz shunchaki kimligingizni va nima uchun kurashayotganingizni bilishingiz kerak.\n\n
Har qanday voqea meni to‘xtashga, qarashga va hayratlanishga, ba’zan esa nimanidir o‘rganishga majbur qilishi mumkin.\n\n
Agar bu seni asabiylashtirsa, demak, sen hamma narsani to‘g‘ri qilyapsan.
Agar ketayotgan yo‘lingiz sizga yoqmasa, boshqa yo'ldan yurib ko'ring.
Agar siz har doim oyoq uchida yursangiz, hech qachon o‘zingizdan keyin iz qoldira olmaysiz.
Yangi g'oyalarni sinab ko‘ring, hech qachon afsuslanmaysiz. Aslida qo‘lingizdan keladigan ishlarning chegarasi yo‘q.
Siz dunyodagi eng pishgan va sersuv shaftoli bo‘lishingiz mumkin, lekin baribir shaftolidan nafratlanadigan odam topiladi.
Agar kapitanning asosiy maqsadi o‘z kemasini saqlab qolish bo‘lganida, u uni portda abadiy qoldirgan bo‘lardi.
Behuda narsalardan voz keching, muhim ishlarni keyinga qoldirmang, vaqtingizdan unumli foydalanib zavqlanib yashang.
Jasorat mushakka o‘xshaydi. Biz uni mashg‘ulotlar bilan mustahkamlaymiz.
Kurash bo‘lmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.\n\n
Qo'lga kiritilgan oltin medallar muhim emas. Har birimizning ichimizda ko‘zga ko‘rinmas, qalb nidosi muhim.\n\n
O'tmishingiz bilan emas, tasavvuringiz bilan yashang.
Oyoqda mustahkam turganingizga ishonch hosil qiling, keyin esa o‘zingizni dadil tuting.
Maktabdagi ta’lim,hayotdagi ta’limimga xalaqit bermasligini angladim.