Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Sayohat qilish - bu rivojlanish demakdir.
Sayohatlar seni gapira olmaydigan qilib qo‘yadi, keyin esa eng zo‘r hikoyachiga aylantiradi.\n\n
Yo‘lning eng yaxshi o‘lchovi mil emas, balki do‘stlardir.\n\n
Biz bir-birimizni bejiz tanlamaymiz... Faqat ongimiz ostida allaqachon mavjud bo‘lgan odamlarnigina uchratamiz.
Sensiz yashay olmayman, deb ayta olmayman, chunki yashayapman.
Mazza qilib o‘tkazilgan vaqt zoye ketmagan vaqt hisoblanmaydi.
Hayot xuddi pianinoga o‘xshaydi. Qora va oq tasmalari bilan, ammo yashayotganda shuni unutmaslik kerakki, qora tugmalar ham kuyni yaratishda ishtirok etadi.
Insonni vaqt emas, yuk qaritadi.
Moda o‘tkinchi, uslub esa boqiy qoladi.
Oilangizda tinchlik bo‘lishi uchun har qanday to‘lovni amalga oshiring.
Men yo‘q bo‘lib ketishdan qo‘rqmayman. Tug‘ilishimdan oldin milliardlab yillar davomida mavjud bo‘lmaganman va bundan sira aziyat chekmagan edim.
Asosiysi, xotiralar qa’rida izg‘ib emas, jonli hayot kechirishdir.
Insonga u istagan hammasini bering va shu zahoti u bularning hammasi emasligini his qiladi.
Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, balki bizning javobimiz muhim
Aqlli inson hech qachon, hech kim bilan uch narsani o‘rtoqlashmaydi: o‘zining eng yashirin qo‘rquvlarini, o‘tmish haqidagi afsus-nadomatlarini va kech kelganining sabablarini.
To‘g‘ri yasha, bor narsangga shukr qil, erkin bo‘l, ozodligingni va or-nomusingni asra. G‘am chekma, hasad qilma, sendan boy yoki kambag‘al odamlar dunyoda son-sanoqsizdir.
Och qolgan sher ovqatdan voz kechishi mumkin, lekin ayol pastkashlik va yolg‘ondan voz kechishi qiyin.
Xunuk go‘zallikdan kuladi, nodon esa ijodkor dahosidan. Xoinlik qilgan sadoqatga qasam ichadi, sotqin mayin jilmayadi, g‘iybatchi esa qo‘ydek mag‘rur. Na boshi bor, na oxiri...
Dengizda delfin bilan kambala baliq o‘ynab yurardi. Delfin: \"Qanday go‘zal baliq ekan\", deb o‘yladi. Kambala esa: \"Qanday xunuk ekan\", deb o‘yladi... Hasad juda yomon tuyg‘u-da.
Odamga loy otganingizda, shuni yodda tutingki, u odamga yetib bormasligi mumkin, ammo qo‘llaringizda qolib ketadi.