Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Begona shaharga erta tongda kelish. Poyezddami, samolyotdami - baribir. Kun xuddi toza qog‘ozdan boshlanayotgandek...
Hech qachon takrorlanydigan ishdan tejamkorlik qilmang.
Insonlar bahsda va yo‘lda bilinadi.
Ba’zan boshqa joylarda o‘tkazilgan bir kun, uyda o‘tkazilgan o‘n yillik hayotdan ko‘proq zavq berishi mumkin.
Hayot - bu yo‘l. Kim bilan borishni tanla!
Sayohat ham xuddi nikoh kabidir. Asosiy yanglishish - bularni nazorat qila olaman deb o‘ylashdir.
Sayohatlar biz ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarga qiziqishimizni emas, balki tark etayotgan narsamizdan charchaganimizni ko‘rsatadi.
Yashash majburiy emas. Sayohat qilish esa zaruriyatdir.
Bunda qandaydir sehr bor: bir odam bo‘lib ketasan-u, butunlay boshqa inson bo‘lib qaytasan.
Yashagan ko‘pni ko‘radi. Sayohat qilgan undan ham ko‘proq biladi.
Oxirida qayerga borishing emas, balki bu yo‘lda seni qanday sarguzashtlar kutib olishi muhim.
Yasha, sayohat qil, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukr qil.
Qayerga ketayotganingni bilmasang, har qanday yo‘l to‘g‘ri keladi.
Narigi qirg‘oqdan oy nur sochib turganini ko‘rib, o‘zgarib ketdim.
Xurofot, toqatsizlik va tor fikrlilik sayohatlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Insonlar o‘zlarini faqat sarguzashtlar orqali topishi va anglashi mumkin.
Musofirchilikda yurganlarning hammasi ham adashgan emas.
Yevropada ko‘plab insonlar bilan uchrashganman. Hattoki o‘zimni ham tanib olishga muvaffaq bo‘ldim.
Faqat xotiralarni o‘zing bilan olib ket, ortingda esa faqat izlar qoldir.
Haqiqiy sayohatchi ma’lum bir joyga borish uchun aniq reja va maqsad tutmaydi.