Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Hayotda intilish bo‘lmasa zulmatdir. Har qanday intilish bilim bo‘lmaganda ko‘r bo‘ladi. Mehnat bo‘lmasa, har qanday bilim befoyda. Muhabbat bo‘lmasa, har qanday mehnat samarasiz bo‘ladi.
Oilaning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Shuning uchun, oila qurishdan oldin, siz uchun nima muhimroqligini o‘ylab ko‘ring - hammasi yoki oila.
Hayratlanarlisi shundaki, yigirma yoshimda faqat sevgi haqida o‘ylardim. Endi esa faqat fikrlashni sevaman.
Ertak - bu qurbaqaga uylanganingda, u malika bo‘lib chiqishi. Haqiqat esa - buning aksi bo‘lganida.
Fikrlar hayotning boshlanishiga qaytsa - demak, umr nihoyasiga yaqinlashmoqda.
Hayotni ahmoqona o‘tkazishga aqlim yetdi.
Ey xudoyim, hayot naqadar tez o‘tib ketdi-ya! Hatto bulbullarning sayrashini ham eshitmaganman.
Sen kuch va ishonchni tashqaridan izlashdan to‘xtamaysan, balki o‘zingdan izlashing kerak. Ular doim sen bilan.
Ko‘nglingizni ochishdan oldin, \"sir saqlash idishi\" teshik emasligiga ishonch hosil qiling.
Hayotni ikki xil yo‘l bilan yashab o‘tish mumkin. Buning bir yo‘li - mo‘jizalar bo‘lmaydi deb o‘ylash. Ikkinchisi - sodir bo‘layotgan hamma narsani mo‘jiza deb o‘ylash.
Atrofga boshqacha ko‘z bilan qarasangiz bas, hayot boshqacha yo‘nalishda davom etaveradi.
Balandroqqa chiqib, tubsizlikka sakrang. Qanotlar uchish paytida paydo bo‘ladi.
Hayot inson tasavvuri yaratishga qodir bo‘lgan barchasidan beqiyos darajada g‘aroyibdir.
Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, bizning javobimiz muhim.
Hayot murakkab, u haqda jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Har tong - hayotni yangidan boshlash vaqti.
Hayot - bu narsalarga ega bo‘lish emas, balki ularni bajarishdir.
Hayot tuyg‘usi o‘z-o‘zidan zavq bag‘ishlaydi, chunki hayot tabiatan ezgulik chashmasidir.
O‘z yo‘lini topish, hayotdagi o‘z o‘rnini bilish - inson uchun hamma narsa shunda, bu uning uchun o‘zligini anglash demakdir.
Hayotning vazifasi ko‘pchilik tomonida turish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonunga muvofiq yashashdir.