Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Do'stlik
Do'stlik
Do'stlik mavzusida 105 ta aforizma.
Do‘stlar seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha qabul qiladi; turmush o‘rtog‘ing esa seni sevgan holda yanada yaxshiroq inson bo‘lishingni istaydi.
Do‘stlik bo‘lmasa, insonlar o‘rtasidagi hech qanday munosabat haqiqiy qadrga ega bo‘lmaydi.
Dushmaning bilmasligi kerak bo‘lgan sirni do‘stingga ham aytma.
Kuchsiz dushman — biz uchun eng xavfsizidir; hasadgo‘y do‘st esa dushmanlarning eng xavflisidir.
Haqiqatni do‘stidan eshitishni istamaydigan insonga hech nima yordam bera olmaydi.
Yaxshi do‘stlar, qalbni boyituvchi kitoblar va pok vijdon — haqiqiy baxt manbai.
Do‘stlar va qarindoshlar moliyani taqsimlashda bilinadi.
Xatolaringizni ochib beruvchi dushman, ularni yashiruvchi do‘stdan ko‘ra tuzukroq.
Sayohat bag‘rikenglikni o‘rgatadi.
Yo‘lning eng yaxshi o‘lchovi mil emas, balki do‘stlardir.\n\n
Do‘sting bilan ham, dushmaning bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lishing kerak! Tabiatan mehribon bo‘lgan kishida yovuzlik topilmas. Do‘stingni xafa qilsang, dushman orttirasan, dushmanni bag‘ringga bossang, do‘st topasan.\n\n\n
Bu bevafo dunyoda ahmoq bo‘lmagin: Atrofdagilarga ishonishni o‘ylamagin. Eng yaqin do‘stingga sinchkov nazar sol - do‘sting balki eng yovuz dushmaning bo‘lib chiqar.
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Sening do‘sting sen bilan dasturxon atrofida ichishni xush ko‘rgan emas, balki har qanday qiyinchilikda yordamga shoshiladigan insondir. U senga ishonchli qo‘l cho‘zib, tashvishlardan xalos etadi. Hatto senga yordam berganini ham sezdirmaydi.
Barcha o‘g‘illar teng bo‘ladi, yoki barchasi dushman bo‘ladi.
Qo‘rqoq do‘st dushmandan ham xavfliroq, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, do‘stga esa ishonasan.
Hamma o‘z do‘stlarining baxtsizliklariga hamdardlik bildiradi, ammo faqat ozchilik ularning muvaffaqiyatlaridan quvonadi.
O‘zingizdan a'lo insonlar bilan albatta do‘stlashing. Til topishishga qiynalasiz, lekin o‘sasiz.
Do‘stlar - o‘zimiz tanlaydigan oilamizdir.
Tugagan do‘stlikni ortidan chopmang! Do'stlikni qayta tiklash, ya'ni o‘likni tiriltirishga o'xshaydi. Iliq munosabatda bo‘lganlar oldiga boring.
1 / 6