Do'stlik

Do'stlik mavzusida 105 ta aforizma.

Do'stingni kimligini bilmoqchi bo'lsang, undan qarz so'rab ko'r.
Eng ashaddiy dushmaningiz ortingizda yashamasligiga harakat qiling.\n\n
Do‘sti ko‘pning do‘sti bo‘lmas.
Odamlar bilan shunday munosabat qurginki, do‘stlaring dushmanga, dushmanlaring do‘stga aylanmasin.
Haqiqiy do‘stlik faqat bir-birining arzimagan kamchiliklarini kechira oladigan odamlar o‘rtasida bo‘ladi.
Har qanday do‘st ham yaxshi maslahatchi bo‘lavermaydi va har qanday maslahat beruvchi ham yaxshi do‘st emas.
Do‘st - men ovoz chiqarib o‘ylashim mumkin bo‘lgan yagona odam.
Do‘stlar qiyinchilikda bilinadi, deyishadi, menimcha, quvonchda ham bilinadi.
Yordam berishga tayyor bo‘lgan do‘stlarni topish oson. Bizning yordamimizni talab qiladigan do‘st orttirish qiyin.
Dushmanlarga qarshi turish uchun katta jasorat kerak, ammo do‘stlarga qarshi borish uchun undan-da ko‘proq jasorat talab etiladi.
Sadoqatli do‘st uchun hech qachon qilingan yaxshilik ortiqcha bo‘lmaydi.
Chin do‘st qiyinchilikda bilinar.
Kim yaxshi do‘st bo‘lsa, uning ko‘plab yaxshi do‘stlari bo‘ladi.
Chin do‘st - qo‘lingizni ushlab turib, yuragingizni his qiladigan odamdir.
Do‘stlik - bu inson bilan shunchaki yaxshi bo‘lishdir.
Tugagan do‘stlik, aslida, hech qachon boshlanmagan bo'ladi.
Chin do‘stlik samimiy va mardlikka asoslangan bo‘ladi.
Do‘stlik uchun na qul, na hokim kerak. Do‘stlik tenglikni xush ko‘radi.
Do‘stlik barcha insonlar hayotiga kirib boradi, ammo uni asrab qolish uchun ba’zida xafagarchiliklarga ham bardosh berish kerak bo‘ladi.
Do‘stlik shodliklarni ko‘paytiradi va g‘am-tashvishlarni kamaytiradi.