Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Noma'lum muallif
Noma'lum muallif
Aforizmlar (215)
Biz hayotdan qochish uchun emas, balki hayot bizni tark etmasligi uchun sayohat qilamiz.
Musofirchilikda yurganlarning hammasi ham adashgan emas.
Dunyo bir kitobdir, va sayohat qilmaganlar faqat uning birinchi sahifasini o‘qishga ulguradilar.
Sayohat qilish - boshqa mamlakatlar haqidagi barcha tasavvurlarimiz noto‘g‘ri ekanligini anglatadi.
Yo‘ldagi chuqurlar haqida o‘ylashni bas qiling, sarguzashtdan zavqlaning.
Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, balki bizning javobimiz muhim
Qayg‘u tushunarsiz go‘zal his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi
Sizning g‘oyalaringiz ajoyib. Ammo dunyo faqat ulardan iborat emas. Go‘zallik haqida har kim har xil tasavvurga ega va biz ham bundan mustasno emasmiz.
Shunday go‘zal yaratilgan dunyo qanday qilib yomon bo‘lishi mumkin?
Hech nima mukammal emas. Bu dunyo ham sgunday. Shuning uchun ham u juda go‘zal.
Ayolni go‘zalligi emas, olijanobligi maftun etadi.
Ayolning shon-shuhrati uning go‘zalligida, erkakning shon-shuhrati esa kuch-qudratida.
Haqiqiy oddiylik ezgulik va go‘zallikni o‘zida mujassam etadi.
Go‘zallik doimo ezgulikni yanada jozibali qilib ko‘rsatadi.
Sening go‘zalliging kulgingda, mehribonliging va ruhingda.
Tabassumingiz eng muzday yurakni ham eritishga qodir, u sehrli kuch va baxt taratadi.
Sening o‘zingga bo‘lgan ishonching va ruhiy quvvating meni senga hayratlanishga va o‘zimning eng yaxshi holatimga intilishga undaydi.
Go‘zalligingga ishon, dunyo ham ishonadi.
Sen bilan har bir lahza sehrli o'tadi, sening borliging atrofni mehr va muhabbatga to‘ldiradi.
Sening go‘zalliging nafaqat zohiriy, balki botiniy hamdir, qalbing eng go‘zal yulduzlardan ham yorqinroqdir.
4 / 11